Ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi qanday oʻzgarmoqda?
Tahlilga koʻra, avtomobil narxlarida pasayish tendensiyasi davom etmoqda. Jumladan, Mahalliy ommabop modellar narxi biroz pasaygan boʻlsa, lyuks segmentida barqarorlik va ayrim koʻrsatkichlarda oshish qayd etildi. Xorijiy avtomobillarda esa sezilarli arzonlashuvlar kuzatildi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2025 yil may oyida ikkilamchi avtomobil bozorining holati oʻrganildi.
Tahlil natijalari avtomobil narxlarida umumiy tushish tendensiyasi kuzatilayotganini koʻrsatmoqda.
Mahalliy ommabop avtomobillar
Mahalliy ishlab chiqarilgan ommabop avtomobillar narxlarida 2025 yil aprel oyiga nisbatan pasayish davom etdi. Aksariyat modellarda arzonlashish qayd etildi:
Onix:
- Koʻp foydalanilgani — $800 ga pasaydi ($13 800 → $13 000)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $220 ga pasaydi ($13 700 → $13 480)
Lacetti:
- Kam foydalanilgani — $100 ga pasaydi ($14 800 → $14 600)
- Koʻp foydalanilgani — $100 ga pasaydi ($13 000 → $12 900)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $75 ga pasaydi ($14 075 → $14 000)
Cobalt:
- Kam foydalanilgani — $144 ga pasaydi ($12 700 → $12 556)
Nexia:
- Oʻrtacha foydalanilgani — $100 ga pasaydi ($11 000 → $10 900)
Spark:
Koʻp foydalanilgani — $100 ga pasaydi ($8 900 → $8 800)
Damas:
- Koʻp foydalanilgani — $200 ga pasaydi ($7 200 → $7 000)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $200 ga pasaydi ($7 800 → $7 600)
- Kam foydalanilgani — $50 ga pasaydi ($8 050 → $8 000)
Mahalliy lyuks avtomobillar
Narxlar ayrim modellar boʻyicha pasaygan boʻlsa, ayrimlarida oshgan:
Equinox:
- Kam foydalanilgani — $1 166 ga arzonlashdi ($34 666 → $33 500)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $700 ga qimmatlashdi ($29 800 → $30 500)
- Koʻp foydalanilgani — $200 ga qimmatlashdi ($26 000 → $26 200)
Malibu:
- Kam foydalanilgani — $750 ga arzonlashdi ($31 250 → $30 500)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $1 450 ga arzonlashdi ($29 950 → $28 500)
Tracker:
- Oʻrtacha foydalanilgani — $300 ga arzonlashdi ($17 300 → $17 000)
- Kam foydalanilgani — $175 ga arzonlashdi ($18 600 → $18 425)
- Koʻp foydalanilgan — narxi oʻzgarmadi ($16 000)
Elektromobillar
Mazkur toifadagi mashinalarda asosan qimmatlashish kuzatilgan, biroq ayrim pasayishlar ham mavjud:
BYD Song Plus EV Champion:
- Oʻrtacha foydalanilgani — $150 ga arzonlashdi ($26 350 → $26 200)
- Yangisi — $1 100 ga qimmatlashdi ($27 800 → $28 900)
BYD Han:
- Oʻrtacha foydalanilgani — $2 000 ga qimmatlashdi ($32 000 → $34 000)
- Yangisi — $1 100 ga qimmatlashdi ($31 900 → $33 000)
BYD Yuan Up:
- Oʻrtacha foydalanilgani — $850 ga qimmatlashdi ($19 300 → $20 150)
- Yangisi — $406 ga qimmatlashdi ($20 500 → $20 906)
Xorijiy avtomobillar:
Ushbu segmentda bir necha ming dollarlik pasayishlar qayd etildi:
Kia Carnival:
- Koʻp foydalanilgani — $3 500 ga arzonlashdi ($36 000 → $32 500)
- Kam foydalanilgani — $2 028 ga arzonlashdi ($47 000 → $44 972)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $1 000 ga arzonlashdi ($46 000 → $45 000)
Kia Sorento:
- Koʻp foydalanilgani — $2 100 ga arzonlashdi ($35 250 → $33 150)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $1 700 ga arzonlashdi ($38 000 → $36 300)
- Kam foydalanilgani — $1 250 ga qimmatlashdi ($43 250 → $44 500)
Kia K5:
- Kam foydalanilgani — $2 777 ga arzonlashdi ($32 000 → $29 223)
- Koʻp foydalanilgani — $350 ga arzonlashdi ($25 300 → $24 950)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $150 ga arzonlashdi ($27 150 → $27 000)
Kia Sportage:
- Koʻp foydalanilgani — $2 250 ga arzonlashdi ($28 500 → $26 250)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $200 ga arzonlashdi ($30 000 → $29 800)
Hyundai Elantra:
- Koʻp foydalanilgani — $1 000 ga arzonlashdi ($21 000 → $20 000)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $301 ga arzonlashdi ($21 201 → $20 900)
- Kam foydalanilgani — $116 ga qimmatlashdi ($24 112 → $24 228)
Kia Seltos:
- Koʻp foydalanilgani — $1 000 ga arzonlashdi ($23 000 → $22 000)
- Oʻrtacha foydalanilgani — $409 ga arzonlashdi ($24 850 → $24 441)