Ikkilamchi bozor uchun qaysi ipoteka krediti eng jozibador?
Hozirda Oʻzbekistondagi mavjud banklardan 13 tasi ikkilamchi bozor uchun ipoteka krediti ajratmoqda. Ushbu banklar orasidan eng qulay shartlarga ega kreditlar reytingi tuzib chiqildi.

Hozirda mamlakatdagi mavjud banklardan 13 tasi ipoteka krediti ajratmoqda. Birlamchi va ikkilamchi bozordagi uylar uchun eng jozibador ipoteka kreditlari roʻyxati va tahlili “Iqtisodiy sharh” jurnalida eʼlon qilingan.

Mikrokreditbank 15 yil muddatga, 25% boshlangʻich badal va 24% yillik stavkada 1,5 mlrd soʻmgacha kredit ajratib, reytingning yetakchisi boʻldi.
Oʻzsanoatqurilishbank va Oʻzmilliybank 26% yillik stavka, 20-25% boshlangʻich toʻlov va 10-15 yillik kredit muddati bilan keyingi oʻrinlarni egalladi.
Ipotekabank esa 22% yillik stavka va 26% boshlangʻich badal bilan eng uzoq – 20 yil muddatga kredit ajratmoqda, ammo cheklangan (450 mln soʻm) mablagʻ tufayli toʻrtinchi oʻrinda.
Garant Bank va Oriyent Finans Bank 26-27% yillik stavka, 30-45% boshlangʻich badal va 10-20 yillik muddatda 900 mln soʻmdan yuqori kredit ajratib, beshinchi-oʻrinlarni egalladi.
Keyingi oʻrinlarda Xalq Banki, Tenge Bank, Turon Bank va Agrobank 25% boshlangʻich badal, 25% yillik stavka va 10-15 yillik kredit muddati bilan 500-820 mln soʻmgacha kredit taqdim etmoqda.
BRB va Hamkorbank 26% boshlangʻich badal bilan mos ravishda 25% va 27% yillik stavkada 10 yilga 500-800 mln soʻmgacha kredit ajratmoqda.
Reytingning oxirida Universalbank 30% boshlangʻich badal va 30% yillik stavkada 10 yil muddatga 1 mlrd soʻmgacha kredit taklif qilmoqda.