12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

18 март, 13:05
Texnologiya

Google Android smartfonlarida ovozli yordamchini butunlay oʻchiradi

Kompaniya bu orqali foydalanuvchilarni Gemini sunʼiy intellektiga oʻtishga undamoqda.

Google Android smartfonlarida ovozli yordamchini butunlay oʻchiradi

2016 yilda Android qurilmalari uchun ishga tushirilgan Google Assistant ovozli yordamchisi tez orada Google tomonidan bekor qilingan yoki tugatilgan loyihalar qatoriga qoʻshiladi. 

Google oʻzining blog postida deyarli oʻn yillik tarixga ega boʻlgan ushbu ovozli yordamchi generativ sunʼiy intellektga asoslangan Gemini bilan almashtirilishini rasman eʼlon qildi.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, “millionlab foydalanuvchilar allaqachon Google Assistant’dan Gemini’ga oʻtib boʻlishgan”, shu sababdan 2025 yil oxirigacha eski yordamchidan foydalanish butunlay toʻxtatiladi. Joriy yil oxiridan boshlab esa Google Assistant’ni mobil qurilmalarda yuklab olish yoki ulardan foydalanish imkonsiz boʻladi.

Google Assistant’ni saqlab qolishning yagona yoʻli – agar qurilma kamida 2 GB operativ xotira va Android 10 yoki undan yuqori tizim talablariga javob bermasa, u eski versiyada ishlashda davom etishi mumkin.

Google 2024 yildayoq Gemini’ni asosiy yordamchi sifatida joriy qila boshlagan, jumladan, yangi Pixel 9 smartfonlarida Google Assistant oʻrniga aynan Gemini asosiy ovozli yordamchi sifatida taqdim etilgan.

Hozircha Google ovozli yordamchini butunlay oʻchirish uchun aniq sanani oshkor qilmagan. Ammo kompaniya rejalari muammosiz amalga oshsa, bu jarayon 2025 yil oxirigacha yakunlanishi mumkin.

Smartfonlardan tashqari, ushbu oʻzgarish planshetlar, avtomobillar, quloqchinlar va aqlli soatlar kabi turli qurilmalarga ham taʼsir qiladi. Hozircha Google ushbu qurilmalarda Gemini qanday ishlashi va funksional imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot bermagan.


Gemini sunʼiy intellekt bilan ishlovchi ovozli yordamchi boʻlib, shaxsiylashtirish va Google xizmatlari bilan chuqur integratsiya imkoniyatlarini taklif etadi (Gmail, YouTube, Google Drive). Google Assistant bilan solishtirganda, Gemini yaxshilangan yozish qobiliyati, tezkor javob qaytarish va matn, ovoz, rasm, kamera orqali oʻzaro aloqa qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 

Shuningdek, u 40+ tilni qoʻllab-quvvatlaydi, mantiqiy tahlil va rejalashtirishni yaxshilaydi. Tabiiy tilni tushunish (NLU) texnologiyasi tufayli, foydalanuvchilar bilan muloqotda kontekst, niyat va his-tuygʻularni tushunish xususiyatiga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+