12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

06-yanvar, 17:00
Soliq

Foyda soligʻiga oid bir qator oʻzgartirishlar kiritildi

Elektron savdo bilan shugʻullanuvchilar uchun soliq stavkasi koʻtarildi. Eksport qilishdan olingan daromadlar uchun soliq imtiyozi bekor qilinib, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.

Foyda soligʻiga oid bir qator oʻzgartirishlar kiritildi
Foto: AI

Joriy yildan boshlab foyda soligʻi uchun quyidagi yangi stavkalar va imtiyozlar belgilandi.

Elektron savdo va eksport

Elektron savdo bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻi stavkasi 7,5% dan 10% ga oshirildi. Eksport qilishdan olingan foyda uchun 0% soliq stavkasi esa bekor qilindi.

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 barobar (15% dan 7,5% ga) kamaytirildi.

Imtiyozlar:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)

Umumiy quvvati 100 kVt’gacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda endilikda soliqqa tortilmaydi. Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qoʻllaniladi.

Agar quyosh panellari kamida 25% quvvatli energiya yigʻish tizimi bilan oʻrnatilsa, imtiyoz muddati 10 yilni tashkil qiladi.

Nashriyot va matbaa faoliyati

2025 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shugʻullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi. Bunda ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar soliq hisoboti davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

IT-xizmatlar

2025 yil 1 fevraldan 2030 yil 1 yanvargacha IT-Park rezidentlari norezidentlarga koʻrsatilgan IT xizmatlaridan olingan daromadlari uchun foyda soligʻidan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz yillik eksport hajmi 10 mln AQSh dollaridan oshgan holatlarda qoʻllaniladi.

Taʼlimga investitsiyalar

2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha tadbirkorlarning nodavlat maktablar binolarini qurishga ketgan xarajatlari foyda soligʻidan 2 yil davomida amortizatsiya shaklida chegiriladi. Ammo ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini bepul qabul qilish shartini bajarmasa, bu imtiyoz bekor qilinadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+