12 195.500 so‘m

increase

15.630

14 049.220 so‘m

decrease

-30.710

149.710 so‘m

increase

1.190

12 195.500 so‘m

increase

15.630

4 soat avval
Bank
39

Fevralda banklardagi muammoli kreditlar 897 mlrd soʻmga koʻpaydi

Fevral oyida Oʻzbekiston bank tizimida muammoli kreditlar hajmi 897 mlrd soʻmga oshib, 20 trln 258 mlrd soʻmga yetdi. 

Eng katta oʻsish davlat banklari hissasiga toʻgʻri kelib, xususan “Oʻzmilliybank”da 396 mlrd soʻmga, “Oʻzsanoatqurilishbankda” 330 mlrd soʻmga va “Asaka bank”da 159 mlrd soʻmga koʻpayish kuzatildi.

Xususiy banklar orasida “Kapitalbank”da 100 mlrd soʻmlik oʻsish qayd etilgan boʻlsa, “Ipoteka bank”da muammoli kreditlar 311 mlrd soʻmga kamaygan.

Fevralda banklardagi muammoli kreditlar 897 mlrd soʻmga koʻpaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Yilning ikkinchi oyida Oʻzbekiston bank tizimida muammoli kreditlar (NPL) hajmi 897 mlrd soʻmga oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

Bir oy ichida banklar jami kredit portfeli 3,3 trln soʻmga koʻpayib, 613,7 trln soʻmga yetdi. Ayni paytda umumiy miqdordagi NPL ulushi 3,2 foizdan 3,3 foizgacha oʻsib, 20 trln 258 mlrd soʻmga yetdi.

Davlat banklari

1 mart holatiga koʻra, davlat banklarining kredit portfeli 410 trln 408 mlrd soʻmni tashkil etmoqda. 

Shundan 14 trln 670 mlrd soʻmi yoki 3,6 foizi muammoli kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi. 

Fevral oyida davlat banklaridagi NPL hajmi 923 mlrd soʻmga oshdi. Bank tizimida muammoli kreditlar eng koʻp oʻsgan banklar qatoriga Oʻzmilliybank (+396 mlrd soʻm), Oʻzsanoatqurilishbank (+330 mlrd soʻm) hamda Asaka bank (+159 mlrd soʻm) kirdi.

Xususiy va boshqa banklar 

Mazkur toifadagi banklarda oy davomida NPL hajmi 27 mlrd soʻmga kamayib, 5,58 trln soʻmgacha tushdi. Xususiy banklar jami portfeli ayni paytda 203,3 trln soʻmni tashkil etmoqda. 

Natijada portfeldagi NPL ulushi 0,1 foiz bandga kamayib, 2,7 foizni tashkil etdi.

Xususiy banklar orasida muammoli kreditlar eng koʻp Kapitalbankda oʻsdi — 100 mlrd soʻmga. Shuningdek, Garantbank va Hamkorbankda ham nisbatan sezilarli oʻsish qayd etildi — mos ravishda 37 mlrd va 36 mlrd soʻm.

Ayni paytda, xususiy banklar va umumiy bank tizimi kesimida muammoli kreditlar eng katta kamayish Ipoteka bankda kuzatildi. Fevral oyida bankdagi NPL hajmi 311 mlrd soʻmga qisqarib, 1,07 trln soʻmga tushdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+