12 920.480 so‘m

decrease

-7.790

13 436.010 so‘m

decrease

-26.200

130.170 so‘m

increase

0.510

12 920.480 so‘m

decrease

-7.790

13-dekabr, 13:19
Work&life

Dunyoni oʻzgartirgan ixtirolar qilgan, ammo deyarli foyda olmagan kashfiyotchilar

Pinkod.uz oʻz ixtirolari orqali dunyoni oʻzgartirgan, ammo moliyaviy daromad koʻrmagan mashhur ixtirochilar haqida hikoya qiladi.

Dunyoni oʻzgartirgan ixtirolar qilgan, ammo deyarli foyda olmagan kashfiyotchilar
Foto: sunʼiy intellekt

Nikola Tesla: oʻzgaruvchan tok va simsiz texnologiya

Sozdannыy Ii Chelovek Nikola Tesla - Besplatnoye izobrajeniye na Pixabay
Nikola Tesla. Foto: sunʼiy intellekt

Nikola Tesla elektr energiyasini taqsimlash tizimi va simsiz aloqa sohasida inqilob qildi. Biroq, idealistik qarashlari va biznesdagi tajribasizligi tufayli boy boʻla olmadi. Uning raqiblari Tomas Edison va Gulelmo Markoni oʻz ishlarini yaxshiroq tijoratlashtirishdi va koʻproq mashhurlikka erishishdi. Tesla hayotining soʻnggi yillarini Nyu-Yorkdagi arzon mehmonxonalarda, moliyaviy qiyinchilikda oʻtkazdi va yolgʻiz holda vafot etdi.

Tim Berners-Li: butunjahon internet tarmogʻi (www)

Tim Berners-Li. Foto: sunʼiy intellekt

Tim Berners-Li dunyoni bogʻlagan eng muhim ixtiro – butunjahon internet tarmogʻini yaratdi. U texnologiyani patentlash va undan daromad olish imkoniga ega edi, ammo internetni butun dunyoga ochiq va bepul qilishni afzal koʻrdi. Uning ixtirosi bugungi raqamli dunyoni shakllantirgan boʻlsa-da, oʻzi bu yutuqdan moliyaviy foyda koʻrmagan.

Dug Engelbart: kompyuter sichqonchasi

Dug Engelbart. Foto: sunʼiy intellekt

2013 yilda vafot etgan Dug Engelbart kompyuterlardan foydalanishni qulaylashtirish maqsadida kompyuter sichqonchasini ixtiro qilgan. U 1960 yillarda sichqoncha ustida ishlashni boshlagan va 1970 yilga kelib uning patentini olgan. Yogʻoch qobiqli va ikki metall gʻildirakli sichqoncha zamonaviy texnologiyaning eng muhim kashfiyotlaridan biriga aylandi. Biz bu ixtirodan deyarli har kuni foydalanamiz. Afsuski, sichqonchaning patenti 1987 yilda muddati tugab, texnologiya jamoat mulkiga aylandi. Shu sababli, Engelbart oʻz ixtirosidan deyarli hech qanday moliyaviy foyda olmagan.

Trevor Beylis: mexanik radio

Trevor Beylis. Foto: sunʼiy intellekt

Trevor Beylis 1990 yillarda batareyasiz ishlaydigan Freeplay mexanik radiosini ishlab chiqdi. 1994 yilda u Tomorrow’s World telekoʻrsatuvida taqdim etildi. Keyinchalik u Janubiy Afrikada BayGen Power Industries kompaniyasi tashkil etilib, nogiron ishchilarni ish bilan taʼminlagan holda mexanik radiolarni ishlab chiqara boshladi. Biroq 2013 yilda The Daily Telegraph gazetasiga bergan intervyusida Beylis moliyaviy ahvoli ogʻirligini aytib oʻtdi. 

“Biz ixtiro qilishda juda zoʻrmiz, ammo ixtirochilarni qoʻllab-quvvatlashda juda sustmiz,” degan edi afsus bilan oʻz intervyusida.

Laslo Biro: sharikli ruchka

Laslo Biro. Foto: sunʼiy intellekt

Laslo Biro bugungi kun ish va taʼlim dunyosining ajralmas qismi boʻlgan sharikli ruchkani yaratdi. U ixtirosini patentladi, lekin Ikkinchi Jahon urushi paytida Britaniya hukumati patent huquqlarini arzon narxda sotib oldi. Natijada, Biro sharikli ruchka ommaviy ishlab chiqarilayotganda ulkan foyda olish imkoniyatini qoʻldan boy berdi. Uning ixtirosi bugungi kunda milliardlab nusxada ishlab chiqarilayotgan boʻlsa-da, u bu muvaffaqiyatdan boyib ketmadi.

Aleksey Pajitnov: tetris kompyuter oʻyini

Aleksey Pajitnov. Foto: sunʼiy intellekt

Aleksey Pajitnov 1984 yilda dunyoning eng mashhur kompyuter oʻyinlaridan biri boʻlgan tetrisni ixtiro qildi. U Sovet Ittifoqi homiyligidagi kompaniyada ishlagani uchun dastlab oʻyin uchun gonorar olmagan. Tetris dunyo boʻylab millionlab nusxada sotilgan boʻlsa-da, Pajitnov 1996 yilgacha hech qanday daromad koʻrmagan. 2014 yilda The Guardian bilan suhbatda u shunday degan edi

“Koʻp pul topmagan boʻlsamda, ammo odamlarning oʻyinimdan zavqlanishini koʻrish men uchun birinchi oʻrinda.”

Pajitnivning mazkur ixtirosi keyingi asrdagi oʻyin industriyasi rivojlanishiga oʻziga xos tramplin vazifani bajarib berdi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+