12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

13 март, 18:40
Bank

Doʻstboy Abjalov Poytaxt Bank boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

U bunga qadar bank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Doʻstboy Abjalov Poytaxt Bank boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Doʻstboy Abjalov

Poytaxt Bank aksiyadorlarining 17 fevraldagi qaroriga asosan Abjalov Doʻstboy Abdurashidovich ushbu bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qiingan maʼlumotda keltirib oʻtilgan.

U 2024 yilning avgust oyidan beri Poytaxtbank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Doʻstboy Abjalov 1984 yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tugʻilgan. 2007 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. U bank sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

Avvalroq, 2024 yil yanvar oyidan boshlab Poytaxt Bank boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Xasan Raxmatov Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylangan edi.

Poytax Bank mamlakatdagi eng soʻnggi xususiylashtirilgan bank hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+