Dollar kursining pasayishi Toshkentda ijara narxlarining oshishiga olib keldi
Shuningdek, yangi oʻquv yili boshlanishi ham uy-joy ijarasi narxlarining oʻsishiga qoʻshimcha turtki boʻldi.
Natijada, poytaxtdagi ijara narxlari $16 dan $50 gacha koʻtarildi.
Eng arzon ijara narxlari Sergeli va Uchtepa tumanlarida qayd etilgan boʻlsa, eng qimmat uylar Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan.

AQSh dollarining soʻmga nisbatan qadrsizlanishi hamda yangi oʻquv yilining boshlanishi uy-joy ijarasi bozoriga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
Bu Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan eʼlon qilingan sentabr oyidagi tahlillaridan maʼlum boʻldi.
Dollar kursi pasayishi natijasida xonadonlarning dollarda ifodalangan ijara narxlari oshdi. Shu bilan birga, talabning ortishi va ijaraga beruvchilarning narx oshirish boʻyicha kutilmalari ham taklif etilayotgan narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻldi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar
Sentabr oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlarning dollarda belgilangan oʻrtacha ijara narxlari avgust oyiga nisbatan quyidagicha oshdi:
1 xonali — $16 ga ( $318 → $334 )
2 xonali — $18 ga ( $394 → $412 )
3 xonali — $25 ga ( $477 → $502 )
4 xonali — $19 ga ( $537 → $556 )
Nisbatan arzon hududlar:
Sergeli tumani:
- 1 xonali – $293,
- 2 xonali – $365,
- 3 xonali – $412,
- 4 xonali – $474
Uchtepa tumani:
- 1 xonali – $316,
- 2 xonali – $381,
- 3 xonali – $432,
- 4 xonali – $400
Nisbatan qimmat hududlar:
Shayxontohur tumani:
- 1 xonali – $354,
- 2 xonali – $472,
- 3 xonali – $604,
- 4 xonali – $617
Yakkasaroy tumani:
- 1 xonali – $402,
- 2 xonali – $506,
- 3 xonali – $660,
- 4 xonali – $800
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar
Mazkur toifadagi uy-joylarning ijara narxlari ham oʻsish qayd etdi. Sentabr oyida dollarda ifodalangan oʻrtacha narxlar quyidagicha koʻtarildi:
1 xonali — $22 ga ( $413 → $435 )
2 xonali — $34 ga ( $580 → $614 )
3 xonali — $50 ga ( $824 → $874 )
4 xonali — $16 ga ( $1185 → $1201 )
Nisbatan arzon hududlar:
Sergeli tumani:
- 1 xonali – $318,
- 2 xonali – $419,
- 3 xonali – $497,
- 4 xonali – $588
Uchtepa tumani:
- 1 xonali – $355,
- 2 xonali – $464,
- 3 xonali – $535,
- 4 xonali – $550
Nisbatan qimmat hududlar:
Mirobod tumani:
- 1 xonali – $479,
- 2 xonali – $762,
- 3 xonali – $1075,
- 4 xonali – $1462
Shayxontohur tumani:
- 1 xonali – $535,
- 2 xonali – $746,
- 3 xonali – $1094,
- 4 xonali – $1369
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi oylarda Oʻzbekistonda dollar kursining sezilarli darajada pasayishi kuzatilmoqda.
Xususan 7 oktabr kuni kurs 12 022,90 soʻmgacha pasayib, 2023 yil avgust oyidagi darajaga qaytdi.
Umuman olganda, soʻm kursi yil boshidan beri 882 soʻmga mustahkamlandi.