12 191.250 so‘m

increase

15.720

14 111.370 so‘m

decrease

-40.250

154.200 so‘m

decrease

-0.880

12 191.250 so‘m

increase

15.720

06-oktabr, 2025
Iqtisodiyot
1057

Dollar kursi 2023 yil avgust darajasiga qaytdi

Markaziy bank 7 oktabrdan boshlab dollarning rasmiy kursini 12 022,90 soʻm etib belgiladi. Bunday past koʻrsatkich soʻnggi marta 2023 yil avgust oyi boshida qayd etilgan edi. Umuman olganda, soʻm kursi yil boshidan beri 882 soʻmga mustahkamlandi.

Dollar kursi 2023 yil avgust darajasiga qaytdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dollar kursining pasayishi davom etmoqda. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 7 oktabrdan boshlab AQSh dollari rasmiy kursi 37,58 soʻmga arzonlab, 12 022,90 soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2023 yil avgust oyi boshidagi darajaga yaqinlashgan.

Mamlakatdagi koʻplab tijorat banklarida esa dollar almashuvi allaqachon 12 ming soʻm yoki undan past narxlarda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar kursi quyidagicha belgilandi:

  • Yevro — 14 025,92 soʻm (−130,67)
  • Funt sterling — 16 155,17 soʻm (−71,00)
  • Rubl — 144,75 soʻm (−2,22)

Soʻnggi marta shunday darajadagi pasayish 2023 yil avgust oyida kuzatilgan edi. Shuningdek, dollar oʻzining eng yuqori koʻrsatkichidan — 13 003,95 soʻmdan — 981 soʻmga arzonladi.

Umuman olganda, soʻm kursi yil boshidan beri 882 soʻmga mustahkamlandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+