12 858.150 so‘m

decrease

-58.950

14 505.280 so‘m

increase

44.590

159.710 so‘m

decrease

-0.430

12 858.150 so‘m

decrease

-58.950

18 soat avval
Iqtisodiyot

Davlat OTMlari 2024 yilda qancha daromad koʻrdi?

2024 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 927,5 milliard soʻm bilan eng katta umumiy daromadga ega boʻldi. 

 

Hozirda faoliyat yuritayotgan OTMlar ichida esa eng koʻp sof daromad 76,17 milliard soʻm bilan Jizzax davlat pedagogika universitetiga tegishli. 

 

Shu bilan birga, 12 ta oliy taʼlim muassasasi yilni zarar bilan yakunladi. Ular orasida eng koʻp yoʻqotish Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga toʻgʻri kelib, qariyb 37 milliard soʻmlik zarar qayd etilgan.

Davlat OTMlari 2024 yilda qancha daromad koʻrdi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Ochiqlangan maʼlumotlarga koʻra, 2024 yilda 72 ta davlat oliy taʼlim muassasalari (OTM) jami 11,95 trln soʻm daromad olgan. Hisobot matni Pinkod’da mavjud. 

OTM daromadlarining 66,1 foizi yoki 7,9 trln soʻm qismini toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar tomonidan toʻlangan mablagʻlar tashkil etadi. Shuningdek, davlat byudjetiga oliy taʼlim muassasalariga jami 3,58 trln soʻm mablagʻ ajratilgan (bu jami tushumning 30 foiziga teng). Bundan tashqari, daromadlarning 3,9 foizi yoki 469,2 mlrd soʻm qismi rivojlantirish ishlari uchun sarflangan.

Eng koʻp daromad olgan OTMlar

Hisobotga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2024 yilda eng katta daromadga ega boʻlgan — 927,5 milliard soʻm. Bu koʻrsatkich bilan mazkur OTM respublikadagi barcha oliygohlar orasida yetakchi hisoblanadi. Uning sof daromadi esa 44,79 milliard soʻmni tashkil etgan. 

Eng kam daromad koʻrgan OTM esa — “Sankt-Peterburg Davlat universiteti”ning Toshkent shahar filiali, u 2024 yilda bor-yoʻgʻi 2,4 milliard soʻm daromad olgan.

Top-10 davlat OTMlari (jami daromad boʻyicha):

  1.  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 927,5 mlrd soʻm
  2. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 574,6 mlrd soʻm
  3. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — 475,9 mlrd soʻm
  4. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — 473,9 mlrd soʻm
  5. Jizzax davlat pedagogika universiteti — 423,9 mlrd soʻm
  6. Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 398 mlrd soʻm
  7. Fargʻona davlat universiteti — 389,5 mlrd soʻm
  8. Urganch davlat universiteti — 363,9 mlrd soʻm
  9. Buxoro davlat universiteti — 329,2 mlrd soʻm
  10. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 327,9 mlrd soʻm

Mavzuga doir: Banklar 2024 yilda qancha foyda koʻrdi?


Eng koʻp sof daromad olgan davlat OTMlari:

2024 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga qoʻshib yuborilgan Toshkent moliya instituti esa sof daromad boʻyicha eng yuqori natijani qayd etgan — 165,96 milliard soʻm. 

Hozirda faoliyat yuritayotgan OTMlar ichida esa Jizzax davlat pedagogika universiteti eng koʻp sof daromad olgan muassasa sifatida qayd etilgan — 76,17 milliard soʻm. Toʻliq roʻyxat: 

  1. Toshkent moliya instituti (hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida) — 166,0 mlrd soʻm
  2. Jizzax davlat pedagogika universiteti — 76,2 mlrd soʻm
  3. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — 54,3 mlrd soʻm
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 44,8 mlrd soʻm
  5. Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 40,8 mlrd soʻm
  6. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash  muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti — 38,3 mlrd soʻm
  7. Termiz davlat pedagogika instituti — 31,6 mlrd soʻm
  8. Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 27,1 mlrd soʻm
  9. Andijon davlat pedagogika instituti — 22,9 mlrd soʻm
  10. Andijon davlat universiteti — 19,2 mlrd soʻm

Xarajatlar

2024 yil davomida OTMlar jami 11,4 trln soʻm miqdorida xarajat qilgan. Umumiy daromad va xarajat oʻrtasidagi farq +504,26 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Biroq, 2024 yilni 12 ta OTM zarar bilan yakunlagan. Ularning ayrimlari daromadi yuqori boʻlgan universitetlar qatorida ham bor. Masalan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Urganch davlat universiteti zarar koʻrgan OTMlar sirasiga kiradi.

Daromadga nisbatan koʻproq xarajat qilgan OTMlar:

  • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — -36,99 mlrd soʻm
  • Samarqand davlat universiteti — -37,98 mlrd soʻm
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — -37,92 mlrd soʻm
  • Navoiy davlat pedagogika instituti — -32,9 mlrd soʻm
  • Termiz davlat universiteti — -24,34 mlrd soʻm
  • Urganch davlat universiteti — -23,58 mlrd soʻm
  • Namangan davlat universiteti — -18,99 mlrd soʻm
  • Qarshi davlat universiteti — -16,79 mlrd soʻm
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — -13,6 mlrd soʻm
  • Samarqand davlat chet tillar instituti — -3,56 mlrd soʻm
  • Fargʻona davlat universiteti — -12,55 mlrd soʻm
  • Urganch davlat pedagogika instituti — -379,16 mln soʻm

Shuningdek, baʼzi OTMlar yil yakunida daromad va xarajat boʻyicha deyarli “nol” balans bilan chiqdi, yaʼni foyda ham, zarar ham deyarli boʻlmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+