12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

14 871.640 so‘m

decrease

-106.470

159.750 so‘m

decrease

-2.910

12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

1 kun avval
Iqtisodiyot

Coca-Cola, “Ipoteka bank”, Click — Oʻzbekistondagi eng yirik sotuv bitimlari safida kimlar bor?

Joriy hafta Oʻzbekiston Fintech bozorida muhim voqea roʻy berdi. 

Mamlakatning eng yirik toʻlov tashkilotlaridan biri — Click’ning 49 foiz ulushini Qozogʻistonning Halyk Bank’iga 176,4 million dollarga sotish boʻyicha kelishuvga erishildi. 

Bu bitim soʻnggi yillardagi eng qimmat sotuvlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Coca-Cola, “Ipoteka bank”, Click — Oʻzbekistondagi eng yirik sotuv bitimlari safida kimlar bor?
Foto: AI / Pinkod.uz

Joriy hafta Oʻzbekiston Fintech bozorida juda muhim voqea roʻy berdi. Mamlakatdagi eng yirik toʻlov operatorlaridan biri — Click va Qozogʻistonning yetakchi moliyaviy instituti Halyk Bank oʻrtasida katta miqyosli bitim amalga oshirildi.

Oʻzaro kelishuvga koʻra, Halyk Bank Click kompaniyasining 49 foiz ulushini 176,4 million dollarga xarid qiladi. Shu bilan birga, Click Qozogʻiston bankining Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge bank’ning 49 foiz ulushini 60,8 million dollarga sotib oladi.

Bu bitim nafaqat moliyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega, balki strategik nuqtai nazardan ham muhim sanaladi. Halyk Bank — Qozogʻistondagi eng yirik bank hisoblanadi va 2025 yilning birinchi choragida Oʻzbekistondagi barcha tijorat banklaridan deyarli ikki barobar koʻproq foyda olgan.

Click esa 20 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega boʻlib, mamlakatdagi eng mashhur toʻlov tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.

Bitim doirasida Click kompaniyasining umumiy bahosi 360 million dollar, Tenge bank esa 124 million dollar deb baholandi. Bunday narxlash ularni Oʻzbekistondagi eng yirik tijorat bitimlaridan biriga aylantiradi.

Click — eng yirik sotuvlar qatorida

Click bilan bogʻliq kelishuv soʻnggi yillardagi eng qimmat sotuvlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Bankir Telegram kanalida keltirib oʻtilgan

Quyida mamlakatda amalga oshirilgan eng yirik tijorat bitimlari bilan tanishish mumkin:

  1. Ipoteka bank” — Davlat ulushi 324 mln dollarga sotilgan (eng yirik ochiq eʼlon qilingan bitim).
  2. Coca-Cola Uzbekistan — 57,1% ulush Turkiyaning Coca-Cola İçecek A.Ş. kompaniyasiga 252 mln dollarga sotilgan.
  3. Fargʻonaazot — 99,01% ulushi Singapurning Indorama kompaniyasiga 140 mln dollarga sotilgan. Qoʻshimcha ravishda 100 mln dollar investitsiya kiritish majburiyati bor edi.
  4. Click — 49% ulushini 176,4 mln dollarga sotish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
  5. Hyatt Regency Tashkent — 87 mln dollar (shu jumladan 12 mln dollar sarmoya kiritish sharti bilan).
  6. TBC Bank — Payme’ning  49% ulushini 55,7 mln dollarga xarid qilgan. Payme umumiy bahosi 113,6 mln dollar boʻlgan.
  7. Tenge bank — 49% ulushi Click tomonidan 60,8 mln dollarga xarid qilinishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.
  8. Paynet — Humo’ning 100% ulushini 65 mln dollarga sotib olgan.
  9. UzAuto Trailer — Rossiya kompaniyasiga 49 mln dollarga sotilgan.

Boshqa kichik bitimlar

Yirik bitimlardan tashqari, soʻnggi vaqtlarda yana bir qancha lokal va oʻrta darajadagi sotib olishlar ham amalga oshirilgan:

  • “Anorbank” — Energetika vazirligi binolarini 34 mln dollarga xarid qildi.
  • International mehmonxonasi — Toshkent markazida 26 mln dollar (shundan 14,7 mln yevro qarz hisobiga) evaziga Smart Fast Stroy tomonidan sotib olingan. Keyinchalik Rossiyaning Azimut mehmonxona tarmogʻiga oʻtgan (bitim narxi oshkor etilmagan).
  • Lotte City HotelAlfa Invest sugʻurta kompaniyasi tomonidan 20 mln dollarga xarid qilingan.
  • Poytaxtbank — Toshkent shahar hokimligiga tegishli boʻlgan ushbu bank Bond Investments Limited LLC (BAA) tomonidan 10 mln dollarga sotib olingan.

Keyingi kutilayotgan yirik bitim: Mobiuz

2024 yil 9 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems (Mobiuz) kompaniyasi ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini boshlaganini maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Mobiuz mobil aloqa operatorini 300 mln dollarga sotishni rejalashtirmoqda. Bloomberg manbalarining maʼlum qilishicha, jarayonga Yaqin Sharq va Yevropadan investorlar jalb qilinishi mumkin.

Shuningdek, agar Mobiuz boshqa operatorlar bilan birlashish ehtimoli yuzaga kelsa, davlat potensial xaridorni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+