12 022.920 so‘m

increase

52.250

13 843.190 so‘m

increase

94.880

148.140 so‘m

increase

0.550

12 022.920 so‘m

increase

52.250

2 kun avval
Bank
118

Click, payme yoki Paynet: 9 oyda kim koʻproq sof foyda oldi?

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekiston toʻlov xizmatlari bozorida kompaniyalar foydasi sezilarli oʻsishni qayd etdi. Paynet sof foydasini 59 foizga, payme 54 foizga, Click esa 31 foizga oshirdi.

Click, payme yoki Paynet: 9 oyda kim koʻproq sof foyda oldi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistondagi yetakchi toʻlov tashkilotlari boʻlgan Click, Payme va Paynet 2025 yilning yanvar–sentabr oylari boʻyicha moliyaviy hisobotlarini taqdim etdi. Pinkod ushbu maʼlumotlarga asoslanib kompaniyalarning daromad va foyda oʻsishini tahlil qildi.

Paynet — 330,5 mlrd soʻm

Paynet AJ esa 2025 yilning dastlabki toʻqqiz oyida 330,5 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 59,1 foizga yoki 122,9 mlrd soʻmga koʻp.

Kompaniyaning daromadlari 1,2 trln soʻmga yetib, 55,3 foizga oʻsdi. Paynet 9 oyda 49,6 mlrd soʻmlik daromad soligʻi toʻladi. 

payme — 287,3 mlrd soʻm

payme AJ 2025 yilning toʻqqiz oyligida 287,3 mlrd soʻm sof foyda olgan. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 53,7 foizga yuqoriroq.

Kompaniya daromadlari 534,2 mlrd soʻmga yetgan, bu esa 56,3 foizlik oʻsishni anglatadi. payme hisobot davrida 4,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Click  — 235,7 mlrd soʻm 

Click AJ hisobot davrida 235,7 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 56,4 mlrd soʻmga yoki 31,4 foizga koʻp.

Kompaniya daromadlari 549,1 mlrd soʻmni tashkil etib, 30,4 foizga oʻsdi. Shu davrda Click 899 mln soʻm daromad soligʻi toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+