12 497.190 so‘m

decrease

-50.190

14 597.970 so‘m

decrease

-67.410

155.710 so‘m

decrease

-1.310

12 497.190 so‘m

decrease

-50.190

31-iyul, 16:44
Bank

Click 2025 yil birinchi yarmida 155 mlrd soʻm sof foyda oldi

Click kompaniyasi 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 154,7 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37,7 milliard soʻmga yoki 32,2 foizga koʻproqdir. 

Click 2025 yil birinchi yarmida 155 mlrd soʻm sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Click kompaniyasi 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 154,7 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu haqda kompaniyaning yarim yillik moliyaviy hisobotida maʼlumot berilgan.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37,7 milliard soʻmga yoki 32,2 foizga koʻproqdir. Maʼlumot uchun, Click 2024 yilning ayni shu davrida 117 milliard soʻm sof foyda olgan edi.

Kompaniyaning sof tushumi ham oshgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 80,8 milliard soʻmga oʻsib, 353,4 milliard soʻmni tashkil qilgan.

Xarajatlar esa 36,4 milliard soʻmga koʻpayib, 180,6 milliard soʻmga yetgan.

Hisobot davrida kompaniya aktivlari hajmida deyarli oʻzgarish kuzatilmadi — ular 336,8 milliard soʻm atrofida saqlanib qolgan.

Shu bilan birga, taqsimlanmagan foyda sezilarli darajada oshgan. Bu koʻrsatkich 5,6 barobarga koʻpayib, 146,4 milliard soʻmga yetgan.


Eslatib oʻtamiz, 23 iyul Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov operatorlaridan biri — Click va Qozogʻistonning yetakchi moliyaviy instituti Halyk Bank oʻrtasida katta miqyosli bitim amalga oshirildi.

Oʻzaro kelishuvga koʻra, Halyk Bank C kompaniyasining 49 foiz ulushini 176,4 million dollarga xarid qiladi. Shu bilan birga, Click Qozogʻiston bankining Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge bankʼning 49 foiz ulushini 60,8 million dollarga sotib oladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+