12 699.140 so‘m

increase

84.070

14 847.830 so‘m

increase

93.240

162.160 so‘m

increase

0.140

12 699.140 so‘m

increase

84.070

1 kun avval
Bank

Citibank AS’ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi akreditatsiyadan oʻtkazildi

Amerikaning yirik moliyaviy guruhi Citibank’ning Turkiyadagi shoʻba banki – Citibank AS, Oʻzbekistonda vakolatxona ochish boʻyicha rasmiy akreditatsiyadan oʻtdi. Vakolatxona moliya bozorini oʻrganish, davlat idoralari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida faoliyat yuritadi.

Citibank AS’ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi akreditatsiyadan oʻtkazildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Citi bank AS’ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rasman akreditatsiyadan oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur vakolatxona mamlakat moliya bozorini chuqurroq oʻrganish, shuningdek, davlat organlari hamda moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Citibank AS — AQShning yetakchi moliyaviy guruhlaridan biri boʻlgan Citibank’ning Turkiya Respublikasidagi shoʻba banki hisoblanadi. Citibank bugungi kunda 180 dan ortiq mamlakatda chakana, korporativ va investitsion bank xizmatlari, shuningdek, aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.

Citibank Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirayotgani haqida dastlab 2025 yil 25 iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan eʼlon qilingan edi.

Mazkur moliyaviy guruhning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi yangi emas. Avvalroq Citigroup mamlakatdagi bir qator yirik korxonalarning xalqaro fond bozorlariga chiqishida va IPO jarayonlarida konsultant sifatida faol ishtirok etgan.

Xususan:

  • “Navoiyuran” tomonidan chiqarilgan  300 million yevro miqdoridagi evrobondlar Citigroup va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda joylashtirildi.
  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” tomonidan chiqarilgan 500 million AQSh dollarlik obligatsiyalar boʻyicha bukranner (asosiy joylashtiruvchi) funksiyasini aynan Citigroup bajargan.
  • Shuningdek, yaqinda Oʻzmilliybank tomonidan chiqarilgan 418 million dollarlik obligatsiyalarni joylashtirish jarayonida ham Citigroup ishtirok etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+