12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 758.820 so‘m

increase

220.700

160.420 so‘m

increase

0.600

12 586.410 so‘m

increase

54.630

20-iyun, 14:37
Work&life

ChatGPT’dan doimiy foydalanish inson miyasi faoliyatining sustlashishiga olib keladi — ilmiy tadqiqot

MIT Media Lab olimlari oʻtkazgan tadqiqotda ishtirokchilarga esse yozish vazifasi berilib, ular ChatGPT, Google va “faqat miya” guruhlariga ajratildi.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, sunʼiy intellektsiz ishlagan ishtirokchilar eng yuqori natijaga erishgan, ChatGPT foydalanuvchilari esa eng sust miya faolligi va past yozma samaradorlikni namoyish etgan.

ChatGPT’dan doimiy foydalanish inson miyasi faoliyatining sustlashishiga olib keladi — ilmiy tadqiqot
Foto: AI / Pinkod.uz

ChatGPT’dan ish va ijodiy faoliyatda doimiy ravishda foydalanish inson miyyasi sustlashishiga olib keladi. Bu haqda MIT Media laboratoriyasi tadqiqotiga tayanib The Hills xabar berdi. 

Tadqiqot davomida ishtirokchilarga bir nechta SAT insholarini yozish topshirilgan. Ular quyidagi uch guruhga boʻlingan:

  1. ChatGPT guruhi — OpenAI’ning sunʼiy intellekt chatbotidan muntazam foydalanadiganlar;
  2. Google guruhi — Google qidiruv tizimi orqali maʼlumot izlaydiganlar;
  3. “Faqat miya” guruhi — hech qanday texnologik vositalardan foydalanmaydigan ishtirokchilar.

Har bir ishtirokchining miya faoliyati EEG (elektroensefalografiya) orqali real vaqt rejimida kuzatilib, turli miya qismlarining faolligi oʻlchangan.

Tadqiqotchilar aniqlashicha, dastlab ChatGPT guruhi insho yozishda tuzilma va gʻoyalarni aniqlashtirish uchun sunʼiy intellektdan foydalangan boʻlishsa-da, tadqiqot oxiriga kelib ularning koʻpchiligi matnni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib, joylashtirishga oʻtgan.

Google qidiruv tizimi guruhi esa oʻrtacha miya samaradorligini namoyish etgan. 

Barcha ishtirok etganlar orasida “faqat miyya” guruhi eng kuchli va keng miyya ishlashini koʻrsatgan. 

Tadqiqot natijalariga koʻra, katta til modellari (LLM) — masalan, ChatGPT’dan uzoq vaqt davomida foydalanish, ayniqsa yoshlar orasida, aqliy faollik va fikrlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu ayniqsa hozirgi davrda dolzarb, chunki oʻqituvchilar sunʼiy intellekt vositalari orqali aldash holatlari koʻpayayotgan bir paytda taʼlim jarayonini qanday olib borishni qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlishmoqda.

Tadqiqot muallifi Nataliya Kosmyna TIME nashriga bergan izohida shunday dedi:

“Bu tadqiqotni toʻliq ilmiy tahrirdan oʻtkazmasdan oldin eʼlon qilishimga sabab — yaqin 6-8 oy ichida qaysidir siyosatchi chiqib, “GPT’ni bolalar bogʻchasidan boshlab oʻrgatamiz” deb aytishidan xavotirdaman. Menimcha, bu juda notoʻgʻri va zararli boʻladi. Rivojlanayotgan miyalar eng katta xavf ostida”.

Shunga qaramay, dunyo boʻylab taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish surʼati pasaygani yoʻq. Aksincha, undan foydalanish tobora kengaymoqda.

2025 yil aprel oyida Google Play va App Store’da eng koʻp yuklangan ilovalar. Infografika: Beshtor telegram kanali 

Oʻzbekiston miqyosida ham AI vositalaridan foydalanish keskin oshgan. Masalan, 2025 yil aprel oyida ChatGPT Google Play’da oʻzbekistonliklar tomonidan eng koʻp yuklab olingan ilova boʻldi. Apple qurilmalari foydalanuvchilari orasida esa ikkinchi oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, Ilon Mask tomonidan yaratilgan Grok chatboti ham mamlakatda mashhurlikka erishmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+