12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

5 soat avval
Iqtisodiyot
47

Bozorlardagi yashirin iqtisodiyot: Malika bozorida bir oyda 600 mlrd soʻmlik savdo tushumi yashirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Toshkent shahridagi yirik bozorlar faoliyati keskin tanqid qilindi. 

Xususan, Malika savdo majmuasida soliq intizomi sust ekani, bir oy ichida plastik kartalar orqali amalga oshirilgan 600 mlrd soʻmlik savdo tushumi yashirilgani qayd etildi. 

Ushbu va boshqa tizimli kamchiliklar uchun masʼul boʻlgan bir qator soliq va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ishdan olindi.

Bozorlardagi yashirin iqtisodiyot: Malika bozorida bir oyda 600 mlrd soʻmlik savdo tushumi yashirilgan
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi choralarni belgilash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar berilgandi.

Yigʻilishda davlat rahbari Toshkent shahridagi savdo markazlarida soliq intizomi sustligini keskin tanqid qildi. Xususan, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan Eski Juva (Chorsu) bozorida soliq toʻlovlari ustidan nazorat yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi.

Malika savdo kompleksidagi holat esa bundan ham ogʻir ekani taʼkidlandi. Mazkur majmuada qariyb 1,5 ming nafar tadbirkor faoliyat yuritayotgan boʻlsa-da, ularning atigi toʻrtdan biri roʻyxatdan oʻtgan. Tadbirkorlarning 25 foizi oyiga 1 million soʻmdan ham kam soliq toʻlamoqda. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard soʻmlik savdo tushumi yashirilgani maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, yirik bozorlar va gavjum hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida Milliy gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralari oʻrtasidagi hamkorlik yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili bozorlar va bogʻlarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shahar boʻylab esa jami 774 ta yongʻin qayd etilgan. Bozorlarni raqamlashtirish jarayoni juda sust kechayotgani, hozircha faqat Chorsu va Farhod bozorlarida situatsion markazlar tashkil etilgani tanqid qilindi.

Bir qancha mansabdorlar ishdan olindi

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari Zufar Qurbonov lavozimga tayinlanganiga ikki yildan oshganiga qaramay, tizimni raqamlashtirish borasida sezilarli natijalar yoʻqligi alohida qayd etildi.

Yigʻilishda ushbu tizimli muammolar va kamchiliklar, avvalo, rahbarlarning masʼuliyatsizligi bilan bogʻliq ekani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan vazir oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev hamda Respublika profilaktika boshqarmasi boshligʻi Xotam Qodirov lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Prezident Soliq qoʻmitasida QQS boʻyicha sunʼiy ortiqcha toʻlovlar shakllantirilib, ularni davlat byudjetidan noqonuniy qaytarish holatlari koʻpayganini bildirdi. Oʻtgan yil davomida QQSni noqonuniy qaytarish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha 20 nafar soliq xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mubin Mirzayev O'zbekiston iqtisodiyot vaziri o'rinbosari bo'ldi –  O'zbekiston yangiliklari – Gazeta
Mubin Mirzayev

Ushbu yoʻnalishga yetti yildan buyon masʼul boʻlib kelgan Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va masʼuliyatsizligi tanqid ostiga olinib, u yigʻilish davomida lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, Mirzo Ulugʻbek tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Dilshod Usmanov ishdan olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Aniqlanishicha, u inspeksiya binosining bir qismini shaxsiy manfaatlari yoʻlida ijaraga berib, 315 million soʻm mablagʻni oʻzlashtirgan, shuningdek, xizmat faoliyatida guruhbozlik va maishatbozlikka yoʻl qoʻygan.

Soliq inspeksiyasining boshlig'iga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Dilshod Usmanov

Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Xojiakbar Mullajonov hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanovni lavozimidan ozod etish, ularning faoliyatini chuqur oʻrganib, qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+