12 940.440 so‘m

decrease

-22.540

13 336.420 so‘m

decrease

-41.380

126.850 so‘m

increase

3.170

12 940.440 so‘m

decrease

-22.540

6 kun avval
Bozor

Bitcoin’ning 2025 yilgi narxi haqida tahlilchilar qanday prognozlarni ilgari surmoqda?

2024 yildagi narx choʻqqisidan soʻng koʻplab mutaxassislar kriptovalyuta liderining narxi ikki baravar yuqorilab, 200 ming dollarga yetishini taxmin qilishayotgan  boʻlsa, baʼzilar bu yili narx oʻzgaruvchan boʻlishini va shu sababli ikki barobar oʻsish kuzatilmasligini taʼkidlashmoqda.

Bitcoin’ning 2025 yilgi narxi haqida tahlilchilar qanday prognozlarni ilgari surmoqda?

2024 yil dekabr oyida Bitcoin $100,000 dan oshganidan soʻng, 2025 yilda ham yangi choʻqqilarni zabt etishga tayyor. Kriptovalyuta narxining oʻsishi Donald Trampning 2024 yil noyabr oyidagi gʻalabasidan keyin olib borilayotgan “kripto-foydali” siyosatlari bilan bogʻliq. Uning maʼmuriyati SEC (Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi – tahr.) raisi Geri Genslerni lavozimidan ozod qilishi va uning oʻrniga kriptovalyuta tarafdori Pol Atkinsni tayinlashi hamda AQShda Bitcoin strategik zaxirasini yaratishi kutilmoqda. 2024 yildagi halving voqealari ham narx koʻtarilishida asosiy omillardan biri boʻldi.

Yirik kompaniya va tahlilchilar Bitcoin’ning 2025 yildagi rivojlanish yoʻnalishiga oid prognozlarini CNBC’ga taqdim etdi.

2025 yil uchun asosiy prognozlar

CoinShares: $80,000–$150,000

CoinShares tadqiqot boʻlimi rahbari Jeyms Batterfill bashorat qilishicha, Bitcoin narxi 2025 yilda 80 ming dollardan 150 ming dollargacha boʻladi. Uning fikricha, uzoq muddatli istiqbolda Bitcoin oltin bozorining taxminan 25 foizini egallashi mumkin, bu esa 250 000 dollar narx degani. Biroq, u bunday holat 2025 yilda yuz berishini kutmayapti.

Matrixport: $160,000

Kripto moliyaviy xizmatlar kompaniyasi Matrixport 2025 yilda Bitcoin qiymati 160 ming dollarga yetishi mumkinligini bashorat qilmoqda. Ushbu prognoz Bitcoin’ga boʻlgan barqaror talab, qulay makroiqtisodiy tendensiyalar va global likvidlilik hajmining kengayishiga asoslangan. Matrixport tadqiqot boʻlimi rahbari Markus Tilen Bitcoin oʻzining yuqori oʻzgaruvchanligi bilan tanilgan boʻlsa-da, 2025 yilda pasayishlar kamroq boʻlishini kutmoqda. Uning fikricha, Bitcoin’ning narxi tushgan paytda xarid qiluvchilar bazasining oʻsishi va kuchli institutsional qoʻllab-quvvatlashlar jiddiy pasayishlarning oldini olishga yordam beradi. Matrixport 2023 yilda Bitcoin 2024 yilda 125 ming dollarga yetishini bashorat qilgan edi.

Galaxy Digital: $185,000

Galaxy Digital tadqiqot boʻlimi rahbari Aleks Tornning taxminicha, Bitcoin 2025 yilning birinchi yarmida 150 ming dollardan oshib, toʻrtinchi chorakda 185 ming dollarga yetadi. Uning fikricha, institutsional, korporativ va milliy davlatlar tomonidan yaxshi qabul qilinish kombinatsiyasi Bitcoin’ni 2025 yilda yangi choʻqqilarga olib chiqadi. Tornning taʼkidlashicha, Bitcoin tarixan oltin kabi boshqa aktivlarga qaraganda tezroq oʻsgan va u bu tendensiya davom etishini kutmoqda. Shuningdek, u Bitcoin oltin bozor kapitalining 20 foizini egallab olishini bashorat qilmoqda.

Standard Chartered: $200,000

Standard Chartered kompaniyasining raqamli aktivlar boʻyicha tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Jeffri Kendrik Bitcoin narxi ikki baravar yuqorilab, 2025 yil oxiriga borib 200 ming dollarga yetishini bashorat qilmoqda. U Bitcoin’ning davlatlar va institutlar tomonidan xarid qilinishi 2024 yildagidek yoki undan ham yuqori darajada davom etishini kutmoqda.

Carol Alexander: $150,000–$200,000

Sasseks universiteti iqtisod fanlari professori Kerol Aleksandrning fikricha, Bitcoin kelgusi yilda 200 ming dollarga yetadi. U 2025 yilga juda optimistik qaraydi va Bitcoin yozga kelib 150 ming dollar atrofida sotilishini kutmoqda. Aleksandr oʻzining yuqori istiqbolini AQShning qoʻllab-quvvatlovchi tartibga solishi bilan bogʻlaydi. Uning ishonchli bashoratlariga qaramay, Aleksandrning oʻzi hech qanday Bitcoin’ga ega emas. U Bitcoin narxi 2024 yilda 100 ming dollarga yetishini ham toʻgʻri bashorat qilgan edi.

Bit Mining: $180,000–$190,000

Bit Mining bosh iqtisodchisi Uey Yangning prognoziga koʻra, Bitcoin 2025 yilda 180 mingdan 190 ming dollargacha yetadi. Biroq bozor shoki paytida narx 80 ming dollargacha tushishi mumkin. Kutilayotgan yuqorilashni harakatga keltiruvchi omillar sifatida foiz stavkalarining pasayishi, Trampning qoʻllab-quvvatlashi va institutsional qabul qilishning kuchayishi kabilar koʻrilmoqda. Ammo AQSh-Xitoy ziddiyatlari va global bozordagi noaniqliklar jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Yang avvalroq Bitcoin 2024 yilda 75 000 dollarga yetishini bashorat qilgan edi.

Maple Finance: $180,000–$200,000

Maple Finance kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori Sid Pauell 2025 yil oxiriga kelib Bitcoin qiymati 180 mingdan 200 ming dollargacha yetishini kutmoqda.  Tramp maʼmuriyati tomonidan AQShda Bitcoin strategik zaxirasining yaratilish ehtimoli narxlarni oshiruvchi omil sifatida koʻrilmoqda.

Nexo: $250,000

Nexo kompaniyasining mahsulot boʻyicha bosh direktori Elitsa Taskova Bitcoin’ning 2025 yilga moʻljallangan istiqbollari haqida juda optimistik fikrda. Uning bashoratiga koʻra, Bitcoin narxi bir yil ichida ikki barobardan koʻproq oshib, 250 ming dollarga yetishi mumkin. Keyingi oʻn yillikda esa butun kripto bozori kapitallashuvi oltinnikidan ham oshib ketishi taxmin qilinmoqda.

Taskova bu bashoratlarni Bitcoin’ning zaxira aktivi sifatida tan olinishining kuchayishi, kripto bilan bogʻliq birja savdosidagi mahsulotlar koʻpayishi va keng qoʻllanilishi kabi tendensiyalar bilan izohlaydi. Yirik markaziy banklarning pul-kredit siyosatini yumshatish kabi qoʻllab-quvvatlovchi makroiqtisodiy sharoitlar ham Bitcoin narxini oshirishi kutilmoqda.


Avvalroq Pinkod 2025 yilda oltin narxlari bilan nimalar sodir boʻlishi haqida maqola eʼlon qilingan edi.


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+