Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi?
6-7 hamda 8 dekabr kunlari jami 25 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Dam olish va Konstitutsiya bayrami kunlari ayrim banklar tomonidan qulaylik yaratish maqsadida xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
2025 yilda oʻzbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan uzluksiz uch kun dam oladi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga koʻra, 8 dekabr — dam olish kuni hisoblanadi.
Shu bois, besh kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar 6−8 dekabr kunlari (juma kunidan dushanbagacha) hafta oxirini uzaytirgan holda dam olishadi. Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 7 va 8 dekabr kunlari dam oladi.
Mazkur sanalarda quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:
- Agrobank;
- Aloqabank;
- Anor bank;
- Apexbank;
- Asia Alliance bank;
- Asakabank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garant bank;
- Hamkorbank;
- Hayot bank;
- Ipoteka-bank;
- Ipak Yuli Banki;
- InfinBank;
- Kapitalbank;
- Mikrokreditbank;
- Orient Finans bank;
- Poytaxt bank;
- Saderat bank;
- Trastbank;
- Tenge bank;
- Turonbank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- Oʻzmilliybank;
- Oʻzsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Bankomatlar joylashuvini bu yerdan aniqlash mumkin.









