12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

22-mart, 18:22
Bank

Banklardagi muammoli kreditlar (NPL) bir oyda 580 mlrd soʻmga oshdi

1 mart holatiga koʻra banklardagi jami kredit portfeli 6 trln soʻmga koʻpayib, 540 trln soʻmdan oshdi. NPL hajmi esa eng koʻp Ipotekabank (+297 milliard soʻm) va Oʻzmilliybank (+223 milliard soʻm)da oʻsdi.

Banklardagi muammoli kreditlar (NPL) bir oyda 580 mlrd soʻmga oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank hisobotiga koʻra, 2025 yil 1 mart holatida Oʻzbekiston bank tizimining jami kredit portfeli 6 trln soʻmga koʻpayib, 540 trln soʻmdan oshdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar (NPL) hajmi bir oy ichida 580 mlrd soʻmga ortib, 24,3 trln soʻmga yetdi.

Davlat banklaridagi holat

Oʻtgan oydan farqli ravishda fevralda eng koʻp NPL oʻsishi davlat ulushi mavjud banklar hissasiga toʻgʻri kelmadi. Bu oyda davlat ulushi mavjud banklarning NPL hajmi 198 mlrd soʻmga koʻpayib, 17 trln soʻmdan oshdi.

Davlat banklari orasidagi eng katta kredit portfeliga ega boʻlgan(108,1 trln soʻm) Oʻzmilliybankdagi NPL miqdori fevral oyida 223 mlrd soʻmga koʻpayib 4 trln soʻmga yetdi. Shuningdek, Mikrokreditbank (+35 mlrd soʻm), Turonbank (+14 mlrd soʻm), Aloqabank (+10 mlrd soʻm) va Asakabank (+2 mlrd soʻm)da ham NPL oʻsishi kuzatildi.

Davlat banklaridagi kredit portfeli va NPL

Oʻzsanoatqurilishbank (-42 mlrd soʻm), BRB (-16 mlrd soʻm), Xalq banki (-14 mlrd soʻm) va Agrobank (-11 mlrd soʻm)da esa muammoli kreditlar kamaydi. NPL ulushi boʻyicha BRB davlat banklari orasida eng yuqori koʻrsatkichga ega (9 %), eng past koʻrsatkich esa Aloqabankda (2,6 %) kuzatilgan.

Xususiy banklardagi holat

Fevral oyida eng koʻp NPL oʻsishi davlat ulushi mavjud boʻlmagan banklar hisobiga toʻgʻri keldi. Ushbu banklardagi muammoli kreditlar oy davomida 382 mlrd soʻmga koʻpayib, 7,3 trln soʻmga yetdi.

Boshqa banklar

Eng katta kredit portfeliga ega Ipotekabank (34,7 trln soʻm) muammoli kreditlari 297 mlrd soʻmga oshib, 3,8 trln soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, Kapitalbank (+93 mlrd soʻm), Garatbank (+7 mlrd soʻm, jami portfelning 21,7 %), TBC bank (+21 mlrd soʻm), Davrbank (+17 mlrd soʻm) va Anorbank (+14 mlrd soʻm)da ham NPL oʻsishi kuzatildi.

Ayni paytda, Hamkorbank (-40 mlrd soʻm), Madad Invest Bank (-24 mlrd soʻm) va boshqa bir necha bankda muammoli kredit pasayishi kuzatildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+