12 927.170 so‘m

increase

36.740

14 717.580 so‘m

decrease

-3.290

155.730 so‘m

decrease

-0.310

12 927.170 so‘m

increase

36.740

5 kun avval
Bank

Banklardagi muammoli kreditlar 2025 yil ilk choragida 2,3 trln soʻmga koʻpaydi

2025 yilning ilk choragida bank tizimidagi muammoli kreditlar va umumiy kredit portfeli sezilarli darajada oshdi. 

Jami kreditlar hajmi 18,7 trln soʻmga koʻpayib, 551,8 trln soʻmga yetgan boʻlsa, muammoli kreditlar 2,3 trln soʻmga oshib, 23,5 trln soʻmni tashkil etdi.

Banklardagi muammoli kreditlar 2025 yil ilk choragida 2,3 trln soʻmga koʻpaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning birinchi choragida banklardagi muammoli kreditlar hajmi 2,3 trln soʻmga oshdi va jami 23,5 trln soʻmga teng yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan hisobotda keltirib oʻtilgan. Shuningdek, mazkur davrda banklar jami kredit portfeli 18,7 trln soʻmga oshib, 551,8 trln soʻmni tashkil qildi.

Davlat banklari

Davlat ulushi mavjud banklar birinchi chorakda kredit ajratishda yetakchilikni saqlab qoldi. Ularning umumiy kredit portfeli 12,9 trln soʻmga oshib, 1 aprel holatiga koʻra 379,6 trln soʻmni tashkil qilmoqda. Eng katta kredit portfeli Oʻzmilliybankda boʻlib, bank portfeli 0,6 trln soʻmga koʻpaydi. Eng katta oʻsishni esa Agrobank qayd etgan — 5,2 trln soʻmlik oʻsish bilan portfeli 64,6 trln soʻmga yetgan.

Davlat banklarining muammoli kreditlari esa 1,8 trln soʻmga koʻpayib, 16,1 trln soʻmdan oshdi. Bu borada eng yirik oʻsish Oʻzsanoatqurilishbankda kuzatilgan — bankda NPL hajmi qariyb 1 trln soʻmga oshib, 2,8 trln soʻmni tashkil etgan.

Xususiy banklar

Davlat ulushi mavjud boʻlmagan banklarda esa kredit portfeli 5,8 trillion soʻmga oshib, umumiy hajm 172,2 trillion soʻmga yetdi. Bu toifadagi banklar orasida eng yirik portfelga Ipoteka bank ega boʻlsa-da (34,4 trln soʻm), ushbu bank portfeliyil boshiga nisbatan  0,7 trln soʻmga kamaygan.

TBC Bank eng faol bank sifatida ajralib turgan boʻlib, chorak davomida tashkilotning kredit portfeli 1,8 trillion soʻmga ortib, 9,2 trillion soʻmga yetdi.

Xususiy banklar orasida muammoli kreditlar ortishida TBC Bank (+144 mlrd soʻm), Kapitalbank (+177 mlrd soʻm) va Orient Finans Bank (+121 mlrd soʻm) yetakchi boʻldi.

Shuningdek, kredit portfeli hajmiga nisbatan eng yuqori NPL darajasi Garant Bank’da qayd etilgan — muammoli kreditlar bankning umumiy portfelining 23,4 foizini tashkil qilgan va chorak yakunida 8,6 foizga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+