12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

14 517.170 so‘m

decrease

-113.190

155.420 so‘m

decrease

-0.540

12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

2 kun avval
Bank

Banklarda mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi biroz pasaydi

18 avgust holatiga koʻra mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 36,1 foizni tashkil qilmoqda. 

Bu bir haftada 0,2 foizga pasaygan boʻlsa-da, oʻtgan oyning shu davriga nisbatan 1,3 foizga yuqori. 

Nisbatan yuqori stavka TBC Bank’da, eng past koʻrsatkich esa Aloqabankda qayd etilgan.

Banklarda mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi biroz pasaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank anʼanaviy ravishda mikroqarzlar boʻyicha banklar kesimidagi oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qildi. 

Unga koʻra, ushbu koʻrsatkich bir hafta davomida biroz pasayib (−0,2%), 36,1 foizni tashkil qildi. Shunga qaramasdan, bu oʻtgan oyning shu davriga nisbatan 1,3 foizga yuqoridir.

Banklar kesimida eng yuqori mikroqarz stavkasi TBC Bank’da qayd etilib, u 42,4 foizni tashkil etdi. Shuningdek, Anor bank (40,2%) va Tenge bank’da (39,8%) ham foiz stavkalari yuqori ekanligini koʻrish mumkin.

Oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori stavkalar

Oʻrtacha darajadan yuqoriroq stavkalar kuzatilgan boshqa banklar qatoriga:

  • Davr bank – 37,4%,
  • Ipoteka bank – 36,8%,
  • Apex bank – 35,9% kiradi.

Nisbatan past foiz stavkalari

Mikroqarzlar boʻyicha eng past stavka Aloqabankda kuzatilib, 21,8%ni tashkil etdi. Shuningdek:

  • Agrobank – 27,6%,
  • Mikrokreditbank – 27,3%,
  • Asaka bank – 27,0%,
  • Infin bank – 26,8%,
  • Trast bank – 26,6%,
  • Orient Finans bank– 26,3%,
  • NBU– 26,0% ham past stavkalarni taklif qilayotgan banklar sirasiga kiradi.

Qator banklarda esa stavkalar 28–30 foiz oraligʻida shakllandi. Masalan, Kapitalbank – 28,0%, Ziraat bank – 28,3%, Turon bank – 28,4%, BRB– 28,5%, Xalq banki – 28,7%, Asia Alliance bank– 29,6%, Garant bank – 29,7%, SQB– 29,8%, Poytaxt bank – 29,9% kabi koʻrsatkichlar qayd etilgan.

Taqqoslash uchun, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) oʻrtacha foiz stavkasi 24,2 foizni, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar esa 22,2 foizni tashkil etmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+