12 437.150 so‘m

increase

62.600

14 480.570 so‘m

increase

55.560

153.340 so‘m

increase

0.210

12 437.150 so‘m

increase

62.600

3 kun avval
FinLit

Banklar bilan muammo boʻlganda nima qilish kerak?

Bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida turli muammolar yuzaga kelishi mumkin. Xizmat sifatining pastligi, ortiqcha choʻzilish yoki shartnoma talablariga amal qilinmasligi shular jumlasidan. Xoʻsh, bunday holatda nima qilish kerak?

Banklar bilan muammo boʻlganda nima qilish kerak?
Foto: AI / Pinkod.uz

Bank xizmatlari jarayonida turli muammolar kuzatilishi mumkin. Masalan, xizmat sifatining pastligi, ortiqcha choʻzilish, shartnoma talablariga amal qilinmasligi yoki qonunbuzarlik holatlari. Bunday vaziyatlarda koʻpchilik “muammoni hal qilib boʻlmaydi” deb oʻylashi mumkin. Aslida esa bu notoʻgʻri fikr.

Markaziy bankda ishonch telefoni hamda hududiy boshqarmalarning qabul telefonlari faoliyat yuritadi. Har bir murojaat regulyator tomonidan koʻrib chiqiladi va agarda bank tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan boʻlsa, faqatgina mijoz muammosi hal qilinib qolmay, bankning oʻzi ham ogohlantirilishi yoki jarimaga tortilishi mumkin.

Shu sababli bank sizning muammoingizni oʻzi hal qilishni kechiktirsa yoki muammo hal etilmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri Markaziy bankga murojaat qilish eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi.

Markaziy bank ishonch telefoni: (+998 71) 200-00-44

Shuningdek, Markaziy bankning hududiy boʻlimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish ham mumkin:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bosh boshqarmasi — 61 224-22-26
  • Andijon viloyati — 74 228-46-00
  • Buxoro viloyati — 65 223-26-07
  • Jizzax viloyati — 72 226-44-17
  • Qashqadaryo viloyati — 75 221-16-55
  • Navoiy viloyati — +998 79 221-70-36
  • Namangan viloyati — 69 227-05-12
  • Samarqand viloyati — 66 233-37-02
  • Sirdaryo viloyati — 67 235-10-11
  • Surxondaryo viloyati — 76 224-23-37
  • Toshkent viloyati — 71 244-55-52
  • Fargʻona viloyati — 73 244-35-63
  • Xorazm viloyati — 62 224-58-08
  • Toshkent shahri — (71) 212-61-87

Murojaatlar qancha muddatda koʻrib chiqiladi?

Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, ariza va shikoyatlar davlat organi yoki tashkilotga kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi shart. Agar masala boʻyicha qoʻshimcha tekshiruv yoki hujjatlar talab etilsa, muddat bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+