11 765.210 so‘m

decrease

-0.550

13 586.460 so‘m

decrease

-52.410

139.350 so‘m

decrease

-0.360

11 765.210 so‘m

decrease

-0.550

Yaqin 1 soat ichida
Bank
35

Bank kartasi nima sababdan bloklanganini aniqlash imkonini beruvchi InfoCards tizimi joriy etildi

Oʻzbekistonda bank kartasining nima sababdan va qaysi organ tomonidan bloklanganini aniqlash imkonini beruvchi InfoCards tizimi ishga tushirildi.

Endilikda karta egasi bu maʼlumotni olish uchun Markaziy bankka alohida murojaat qilishi shart emas. 

Unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki InfoCards orqali kartaning qachon, qaysi organ tomonidan va qanday sababga koʻra bloklanganini aniqlab beradi.

Bank kartasi nima sababdan bloklanganini aniqlash imkonini beruvchi InfoCards tizimi joriy etildi

Markaziy bank, tijorat banklari, toʻlov tashkilotlari hamda toʻlov tizimi operatorlari oʻrtasida InfoCards axborot almashinuvi tizimi joriy etildi.

Yangi tizim orqali bank kartasi bloklangan hollarda uning qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan, qachon va qanday sababga koʻra bloklangani aniqlanishi mumkin.

Avval bunday maʼlumotni olish uchun fuqaro qoʻshimcha ravishda Markaziy bankka murojaat qilishi talab etilishi mumkin edi. Endilikda karta egasi bevosita oʻziga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga murojaat qiladi.

Bank InfoCards tizimi orqali tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va mijozga kartaning bloklanish sababi hamda uni bloklagan organ haqida tushuntirish beradi.

Markaziy bankka koʻra, tizim fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishni soddalashtirish, ortiqcha ovoragarchilikni kamaytirish hamda bank xizmatlarida tezkorlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+