12 962.980 so‘m

increase

14.880

13 377.800 so‘m

decrease

-124.480

123.680 so‘m

increase

2.670

12 962.980 so‘m

increase

14.880

4 kun avval
FinLit

Bank hisobvaragʻi nima va uni qanday ochish mumkin?

Mijozlar bank hisobvaragʻini ochish orqali pullarini bankda saqlashi, banklararo pul oʻtkazmalarini amalga oshirishi, shuningdek, pul mablagʻlari va qimmatbaho boyliklarining xavfsiz saqlanishiga erishadi.

Bank hisobvaragʻi nima va uni qanday ochish mumkin?
Foto: AI

Bank hisobvaragʻi oʻzi nima?

Bank hisobvaragʻi – bu mijoz va bank oʻrtasidagi shartnoma asosida ochiladigan hisobvaraq boʻlib, u orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Hisobvaraq pul mablagʻlarini qabul qilish, oʻtkazish va jamgʻarish imkoniyatini beradi.

Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • Talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi. Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki oʻtkazib beriladigan mablagʻlarning hisobi yuritiladigan bank hisobvaragʻi.
  • Jamgʻarma depozit hisobvaragʻi. U mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamgʻariladigan va shu maqsad uchun yoʻnaltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablagʻlar hisobi yuritiladigan bank hisobvaragʻi.
  • Muddatli depozit hisobvaragʻi. Shartnomada qatʼiy kelishilgan muddatga qoʻyilgan mijozlarning mablagʻlari hisobi yuritiladigan bank hisobvaragʻi.
  • Metall hisobvaragʻi. Banklar tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularning hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraq.
  • Vakillik hisobvaragʻi. Bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki boshqa bankda, shuningdek, vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning Markaziy bankda ochilgan, banklararo toʻlovlarni oʻtkazishga va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga moʻljallangan hisobvaraq.

Bank hisobvaragʻi nima uchun kerak?

  1. Moliyaviy operatsiyalarni tez va qulay amalga oshirish.
  2. Jamgʻarmalarni xavfsiz saqlash.
  3. Toʻlovlar va boshqa pul oʻtkazmalarini oson amalga oshirish.

Hisobvaraqlarni qanday ochish mumkin?

Oʻzbekistonda bank hisobvaraqlarini ochish Markaziy bankning Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Bank hisobvaragʻini ochish uchun qadamlar:

  1. Bank tanlash. Mijozlarga qulay sharoitlar va xizmatlar taqdim etuvchi bankni tanlash muhim hisoblanadi.
  2. Ariza topshirish. Mijoz hisobvaraq ochish uchun ariza toʻldiradi. Ariza shaklini bankda yoki uning rasmiy veb-saytida topish va toʻldirish mumkin.
  3. Shartnoma tuzish. Bank va mijoz oʻrtasida hisobvaraq ochish shartnomasi imzolanadi. Ushbu shartnoma taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.

Hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng, bank bir ish kuni ichida hisobvaraq ochib beradi. Hisobvaraq ochish uchun qoʻshimcha toʻlov talab qilinmaydi. Banklar filiallari haqidagi maʼlumotni Markaziy bank rasmiy saytidan olish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+