12 855.930 so‘m

increase

11.930

13 570.720 so‘m

increase

20.300

128.160 so‘m

decrease

-0.140

12 855.930 so‘m

increase

11.930

17-oktabr, 11:35
Imkoniyat

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-157-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

Prezident farmoniga koʻra, IT-park rezidentlariga quyidagi qoʻshimcha faoliyat turlari boʻyicha xizmat koʻrsatishga ruxsat beriladi:

  • axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham oʻqitish;
  • internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yoʻnalishi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
  • internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

 2025 yil 1 fevraldan 2030 yil 1 yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini koʻrsatgan, Oʻzbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda soligʻidan ozod etiladi.

2025 yil 1 fevraldan 2040 yil 1 yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan IT-park rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari) – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda foyda soligʻining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi. 

Shuningdek, farmonga koʻra, 2028 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga toʻgʻri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):

  • kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari boʻyicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
  • kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti boʻlgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.

2025 yil 1 apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

2028 yil 1 yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+