12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

14 151.620 so‘m

increase

12.080

155.080 so‘m

decrease

-1.650

12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

17 soat avval
Bank
84

Avazov Malik Abduaxatovich Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

U mazkur lavozimda 2019 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Avazov Malik Abduaxatovich Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Foto: Ipak Yuli Bank

“Ipak Yoʻli” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki (Ipak Yuli Bank) Kuzatuv kengashining 2026 yil 4 martdagi qaroriga koʻra, bank rahbariyatida oʻzgarish yuz berdi. 

Mazkur qarorga muvofiq, Avazov Malik Abduaxatovichning bank Boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Shu munosabat bilan u egallab turgan Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Internetdagi maʼlumotlarga koʻra, Malik Avazov mazkur lavozimda 2019 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Ushbu qaror Kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.

Hozirda bank Boshqaruviga ushbu vakant lavozim uchun yangi nomzod tanlash choralari koʻrilayotgani maʼlum qilingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+