12 053.460 so‘m

decrease

-63.890

14 026.610 so‘m

decrease

-42.850

152.430 so‘m

increase

2.940

12 053.460 so‘m

decrease

-63.890

5 kun avval
Iqtisodiyot
116

AQSh davlat qarzi ilk bor 38 trillion dollardan oshdi

AQShning davlat qarzi 21 oktabr holatida 38 trillion 19 milliard dollardan oshib, tarixiy darajani yangiladi. Oxirgi fiskal yilda federal byudjet taqchilligi 1,8 trillion dollarga yetgan.

AQSh davlat qarzi ilk bor 38 trillion dollardan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

AQShda davlat qarzi tarixda birinchi marta 38 trillion dollardan oshdi. Gʻaznachilik departamentining maʼlumotiga koʻra, 21 oktabr holatiga qarz miqdori 38 trillion 19 milliard dollarga yetgan.

Ushbu holat avgustda 37 trillion dollarlik qarz miqdoridan oʻtilganidan atigi ikki oy oʻtib, 36 trillion dollarlik chegaradan oʻtilganidan esa hali bir yil ham oʻtmay sodir boʻldi.

Soʻnggi yillarda AQShning davlat qarzi tez surʼatda oʻsmoqda. Bunga aholining qarishi, ijtimoiy taʼminot va tibbiy sugʻurta dasturlariga sarflar koʻpaygani sabab boʻlmoqda. Bundan tashqari, qarz boʻyicha toʻlanadigan foizlar ham keskin oshgan. Bunga inflyatsiyani jilovlash uchun Markaziy bank tomonidan oshirilgan foiz stavkalari taʼsir qilmoqda.

Oʻtgan moliyaviy yilda AQSh hukumati 1,8 trillion dollarlik byudjet taqchilligiga yoʻl qoʻydi. Mutaxassislar bu raqamlar keyingi yillarda yanada ortishini taxmin qilmoqda.

Kongress byudjet boshqarmasi (CBO) hisob-kitobiga koʻra, davlat qarzi 2025 yilda YaIMning 100 foiziga teng boʻlsa, 2035 yilga borib 120 foizga chiqadi. Shu davrda yillik byudjet taqchilligi 2,6 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

Foiz toʻlovlari esa bugungi 1 trillion dollardan 2035 yilda 1,8 trillion dollarga chiqadi. Keyingi oʻn yillikda federal xarajatlar 88 trillion dollar, soliq tushumlari esa 65 trillion dollardan oshishi prognoz qilinmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+