12 039.610 so‘m

increase

54.510

13 992.430 so‘m

increase

69.340

149.170 so‘m

increase

0.310

12 039.610 so‘m

increase

54.510

Yaqin 2 soat ichida
Texnologiya
19

Apple yangi iPhone’lar chiqish jadvalini oʻzgartirishi mumkin

Kompaniya endilikda smartfonlarni yiliga ikki marta — kuzda premium Pro modellari, bahorda esa asosiy va hamyonbop versiyalarini taqdim etadi. Bu yangilangan jadval 2026–2027 yillarda oltita yangi qurilmani bosqichma-bosqich bozorga chiqarishni nazarda tutadi.

Apple yangi iPhone’lar chiqish jadvalini oʻzgartirishi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Bloomberg nashri muxbiri Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple kompaniyasi soʻnggi 8 yil ichida ilk bor iPhone smartfonlarini chiqarish jadvalini qayta koʻrib chiqdi. Kompaniya endi taqdimotlarni ikki qismga boʻlib, har olti oyda bir marta — kuzda va bahorda oʻtkazadi.

Ilgari, iPhone XS davridan boshlab, kompaniya barcha asosiy modellarni sentabr oyida taqdim etib kelayotgan edi.

Yangi yondashuvga koʻra, Apple endi iPhone taqdimotlarini ikki qismga ajratadi:

Kuzgi taqdimot (Sentabr): Faqat eng yuqori darajadagi “Pro” va premium modellarga qaratiladi.

Bahorgӣ taqdimot (Mart/Aprel): Ommabop bozor uchun moʻljallangan asosiy va hamyonbop modellarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu yangi strategiya doirasida 2026 va 2027-yillar davomida jami 6 ta yangi maxsulot chiqarilishi kutilmoqda.

Kutilayotgan taqdimot jadvali:

2026-yil, sentabr:

  • iPhone 18 Pro
  • iPhone 18 Pro Max
  • iPhone Fold (birinchi buklanadigan iPhone)

2027-yil, bahor:

  • Asosiy iPhone 18
  • Arzon iPhone 18e
  • Yupqa iPhone Air 2

Avvalgi mish-mishlarda iPhone Air 2 modeli past sotuvlar tufayli bekor qilingani aytilgan edi. Biroq, Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, modelning 2027-yilga koʻchirilishi past talab bilan emas, balki yangi jadval bilan bogʻliq. Taʼkidlanishicha, Apple dastlab iPhone Air’ni har yili yangilanadigan maxsulot sifatida rejalashtirmagan.

Oʻzgarish sabablari

Mutahassislarning fikricha, joriy chiqish jadvali Apple uchun “ogʻir yuk” boʻlib qolgan. Bu holat marketing, muhandislik boʻlimlari va taʼminotchilarga katta bosim oʻtkazmoqda.

Bundan tashqari, yarim yillik jadvalga oʻtish Apple kompaniyasiga choraklik iqtisodiy koʻrsatkichlarni muvozanatlash imkonini beradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+