12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

15 март, 17:31
Texnologiya

Apple iPhone uchun soʻnggi 10 yildagi eng katta dasturiy taʼminot yangilanishini tayyorlamoqda

Bloomberg bergan maʼlumotga koʻra, ushbu yangilanish Apple tarixidagi eng katta oʻzgarishlardan biri boʻlib, foydalanuvchilarning yangi avlodi uchun iPhone, iPad va Mac interfeysini tubdan oʻzgartiradi.

Undan tashqari, IOS 19  AirPods’larga jonli tarjima funksiyasini olib keladi. 

Apple iPhone uchun soʻnggi 10 yildagi eng katta dasturiy taʼminot yangilanishini tayyorlamoqda
Foto: MacRumours

Apple oʻz dasturiy taʼminotlari uchun katta yangilanishni tayyorlamoqda. 

Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanga koʻra, bu oʻzgarish oxirgi 12 yilda kuzatilgan eng katta yangilanishlardan biri boʻladi. 2013-yil sentabr oyida chiqarilgan IOS 7 bilan iPhone’dagi uch oʻlchamli (3D) uslubdagi ilova ikonkalari soddalashtirilgan va yassi tasvirlar bilan almashtirilgan edi. Bu juda keskin oʻzgarish boʻlsa-da, omma tomonidan tezda qabul qilindi va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari ham bu dizaynni nusxaladi.

Foto: Fpt/ IOS 19 dagi qayta dizaynlangan kamera ilovasi

Bu safar ham shunga oʻxshash darajada katta yangilanish kutilmoqda. Gurmanning soʻzlariga koʻra, “bu ikonkalarning uslubini, menyularni, ilovalarni, oynalarni va tizim tugmalarini yangilashni oʻz ichiga oladi.” Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun qurilmalarni boshqarish va ulardan foydalanish jarayoni ham soddalashtiriladi.

Foto: Fpt/ IOS dagi yangi interfeys

Yangi dizayn asosan Vision Pro operatsion tizimiga asoslangan boʻlishi kutilmoqda. Yangi dizaynda doira shaklidagi ilova ikonkalari, shaffof panellar va soya effektlari asosiy rol oʻynaydi. Biroq, ushbu elementlar iPhone, iPad va Mac qurilmalarida turlicha joriy etiladi.

Hozirda macOS, iOS va visionOS tizimlarining ilovalari, ikonkalari va oynalari dizayn jihatdan bir-biridan farqlanadi. Yangilanishning asosiy maqsadi esa Apple’ning turli operatsion tizimlarini yanada uygʻunlashtirishdir.

Bundan tashqari, iOS 19 AirPods uchun ham muhim yangiliklarni olib keladi. Mazkur yangilanish bilan AirPods quloqchinlari jonli tarjima funksiyasiga ega boʻladi. Masalan, agar kimdir foydalanuvchiga ispan tilida gapirsa, AirPods uni avtomatik tarzda ingliz tiliga tarjima qilib yetkazadi.

Apple, shuningdek, yangi avlod AirPods qurilmalari, jumladan AirPods Pro 3 ustida ish olib bormoqda. Kompaniya sunʼiy intellektdan foydalanadigan, atrof-muhitni tahlil qilish imkoniyatiga ega ichki kameralar bilan jihozlangan modelni ham ishlab chiqmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+