12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

3 kun avval
Texnologiya

Apple iOS 19’ni oʻtkazib yuborib, toʻgʻridan-toʻgʻri iOS 26’ga oʻtmoqda

Apple operatsion tizimlaridagi raqamli nomlashdan voz kechib, yangi versiyalarni yil asosida atashni boshlaydi. Yangi tizim 9 iyun kuni WWDC 2025’da eʼlon qilinadi.

Apple iOS 19’ni oʻtkazib yuborib, toʻgʻridan-toʻgʻri iOS 26’ga oʻtmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Bloomberg xabariga koʻra, Apple oʻzining barcha operatsion tizimlarida nomlash tizimini tubdan oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Endilikda iOS, macOS, iPadOS, watchOS, tvOS va visionOS versiyalariga raqamlar oʻrniga yillar bilan nom beriladi. Masalan, bu yilgi iOS 19 oʻrniga “iOS 26” nomi ishlatiladi.

Apple bu oʻzgarishni brenddagi yagona uslubni yaratish va hozirgi, koʻpchilik foydalanuvchi va ishlab chiquvchilar uchun chalkash boʻlgan nomlash tizimidan voz kechish maqsadida amalga oshirmoqda. Masalan, iOS 18, watchOS 12, macOS 15 va visionOS 2 kabi tizimlar turli raqamlarga ega, chunki ularning ilk versiyalari turli vaqtlarda chiqarilgan.

Apple bu yondashuvni 9-iyun kuni boʻlib oʻtadigan anʼanaviy Worldwide Developers Conference (WWDC) tadbirida rasman eʼlon qiladi. Nomlashdagi oʻzgarishlar bilan birga yangi foydalanuvchi interfeysi ham taqdim etiladi. Yangi oʻzgarishlar haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.

Bu qaror Samsung va Microsoft kompaniyalarining ilgari qoʻllagan strategiyasiga oʻxshaydi. Masalan, Samsung 2020 yildan boshlab telefonlarini yil nomi bilan (Galaxy S20, S21 va h.k.) atay boshlagan. Microsoft esa buni 1995 yilda Windows 95 bilan boshlagan edi.

Apple'dagi nomlashning farqi shundaki, u yangi tizimlariga hozirgi yil emas, balki yaqinlashib kelayotgan yil nomini beradi. Masalan, 2025 yil sentabrida chiqadigan yangi tizimlar 2026 yil nomi bilan ataladi. Bu esa koʻproq avtomobil kompaniyalarining yangi modellari nomlanish usuliga oʻxshaydi. Agar Apple bu strategiyani davom ettirsa, keyingi yangilanishlar “27” raqami bilan chiqadi.

Apple bundan oldin ham oʻzining iWork va iLife dastur toʻplamlarida shunga oʻxshash nomlashni sinab koʻrgan edi. 2007 yil avgust oyida u iWork ’08 va iLife ’08ni chiqargan, keyinchalik bu iLife ’11 bilan davom etgan (2010 yil oktabrda chiqqan).

Yangi oʻzgarishlar doirasida, Apple iPad’ga Mac’ga oʻxshash funksiyalar qoʻshib, uni ish muhitida koʻproq foydali qilmoqchi. Kompaniya, shuningdek, Apple Intelligence platformasida ishlatiladigan sunʼiy intellekt (AI) modellarini uchinchi tomon ishlab chiquvchilariga ochmoqda.

Yil davomida kutilayotgan boshqa yangiliklar orasida AirPods va Siri uchun jonli tarjima rejimi, Vision Pro uchun koʻz bilan skrol qilish imkoniyati mavjud. AI yoʻnalishida sogʻliqni saqlash funksiyalari va aqlli batareya boshqaruv rejimi ham taqdim etiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+