11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

1 soat avval
Texnologiya
42

Apple ilk sensor ekranli MacBook’ni taqdim etdi

Yangi MacBook Pro’ni endi ekranga tegish orqali ham boshqarish mumkin. OLED displey va M5 Pro yoki M5 Max chiplari bilan jihozlangan noutbuk 6 noyabrdan sotuvga chiqadi. AQShda uning narxi 2 899 dollardan boshlanadi.

Apple ilk sensor ekranli MacBook’ni taqdim etdi

Apple 28 oktabr kuni ilk bor sensorli ekran bilan jihozlangan MacBook Pro’ni taqdim etdi. Qurilmaga oldindan buyurtmalar shu kuni 30 mamlakat va hududda ochildi.

Noutbukdagi PROLED XDR ekrani tandem OLED texnologiyasi asosida ishlaydi. Uning yorqinligi 2 000 nitgacha, tasvir yangilanish chastotasi esa 120 Hz’gacha yetadi.

Sensorli boshqaruv klaviatura va trekpadga qoʻshimcha sifatida ishlaydi. Masalan, foydalanuvchi ekranda musiqa asboblarini chalishi yoki videomontajda lavhalarni kerakli joyga barmogʻi bilan koʻchirishi mumkin. Ekranga bosilganda uning barqaror turishi uchun sharnir mexanizmi ham yangilangan.

Qurilma M5 Pro va M5 Max chiplari bilan taklif etiladi. Operativ xotira hajmi 128 GB’gacha, maʼlumot saqlash xotirasi esa 16 TB’gacha yetadi. Apple hisob-kitoblariga koʻra, batareya quvvati 24 soatgacha ishlashga yetishi mumkin.

Shuningdek, iPhone’dagi Dynamic Island MacBook’ga ham qoʻshildi. Bu qism orqali qidiruv, musiqa va ayrim bildirishnomalarni boshqarish mumkin.

AQShda M5 Pro chipli 14 dyuymli model 2 899 dollardan, 16 dyuymli versiya 3 399 dollardan boshlanadi. M5 Max chipli modellar uchun boshlangʻich narxlar tegishlicha 4 499 va 4 799 dollar etib belgilangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+