12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

20-fevral, 20:01
Texnologiya

Apple byudjet sinfidagi iPhone 16e modelini taqdim qildi

Smartfon hozirda Apple sunʼiy intellekt tizimi — Apple Intelligence’ni qoʻllab-quvvatlovchi eng arzon model boʻlib turibdi.

Apple byudjet sinfidagi iPhone 16e modelini taqdim qildi

19 fevral kuni Apple oʻzining yangi iPhone 16e modelini rasmiy ravishda tanishtirdi. Kompaniya bu safar alohida taqdimot oʻtkazmasdan, smartfonni YouTube kanalida ommaga eʼlon qildi. Ushbu model hozirda Apple Intelligence tizimini qoʻllab-quvvatlovchi eng arzon iPhone hisoblanadi. Tim Kukning taʼkidlashicha, iPhone 16e iPhone 16 liniyasining yakuniy versiyasi boʻlib, undan koʻproq odamlar foydalanishi uchun ishlab chiqilgan.

Smartfon taqdim etilishidan avval bildirilgan taxminlarning deyarli barchasi oʻzini oqladi. Farq hozircha faqat nomlanish va narxda boʻlib turibdi.

Tashqi koʻrinishi jihatidan iPhone 16e old paneli bilan iPhone 14 modeliga juda oʻxshash, orqa tarafda esa faqat bitta kamera joylashgan. Apple 16 liniyasining boshqa smartfonlarida mavjud Action Button tugmasini ushbu modelida ham ishlatgan.

Smartfon Iphone 16 da ishlatilgan protsessor, Apple tomonidan ishlab chiqilgan ilk 5G modemi va yana koʻplab imkoniyatlarga ega:

  • 6,1 dyumli displey
  • Apple tomonidan ishlab chiqilgan birinchi C1 5G modemi
  • A18 chipi
  • USB-C orqali quvvatlash va maʼlumot uzatish imkoniyati
  • iOS 18 operatsion tizimi
  • Face ID orqali blokdan chiqarish
  • Suv va changdan himoyalangan korpus

Apple’ning aytishicha, smartfonning batareya quvvati juda uzoq vaqt ishlaydi. Kompaniya  26 soatgacha uzluksiz video koʻrsatish imkoniyatini vaʼda qilmoqda. Taqqoslash uchun, iPhone 16 22 soatlik video koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Telefon asosiy kamerasi 48 MP boʻlib, 2x optik zoom imkoniyatiga ega. Old kamera esa 12 MP boʻlib, aniq va sifatli selfi hamda video qoʻngʻiroqlar uchun moʻljallangan.

Model hozirda Apple rasmiy saytida 599 dollardan oldindan buyurtma uchun mavjud. Sotuvlar 28 fevralda boshlanib, smartfonni faqat oq yoki qora ranglarda xarid qilish mumkin.


Mavzuga doir: Apple 2025 yilda nimalarni taqdim qiladi?

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+