12 099.720 so‘m

increase

15.620

14 223.220 so‘m

increase

25.610

148.900 so‘m

increase

2.180

12 099.720 so‘m

increase

15.620

19-sentabr, 12:35
Texnologiya

Apple 2026 yilda sensor ekranli MacBook Proʼni taqdim etishi mumkin

Bu MacBookʼni iPadʼga yanada yaqinlashtiradi va Appleʼning kelajakda MacBook Air qatoriga ham sensorli ekran olib kirish ehtimolini kuchaytiradi.

Apple 2026 yilda sensor ekranli MacBook Proʼni taqdim etishi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Apple sensor ekranli MacBook Proʼlar ustida jiddiy ishlamoqda. Bu haqda MacRumours nashri xabar bermoqda

Takidlanishicha, 2026 yil oxirida ishlab chiqarilishi kutilayotgan OLED MacBook Pro modeli sensorli ekranga ega boʻladi.

Bu rejani ikki yil avval Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ham taxmin qilgan edi. Shunga qaramay, model 2026 yilda chiqadimi yoki 2027 yil boshiga qoldiriladimi hozircha nomaʼlum.

Hozirda Apple M4 MacBook Proʼni sotmoqda. Rejalashtirilgan jadval boʻyicha OLED MacBook Pro ikki avlod keyin taqdim etiladi. Avvaliga kelasi yil boshida M5 chipli yangilangan model, undan keyin esa qayta dizaynga ega OLED MacBook Pro katta ehtimol bilan M6 chipi bilan chiqadi.

Sensorli ekran qoʻshilishi MacBookʼni iPadʼga yanada yaqinlashtiradi. Soʻnggi yillarda Apple macOS va iPadOSʼni asta-sekin uygʻunlashtirib kelmoqda, masalan, Tahoeʼda iPadOS 26ʼdagi koʻplab interfeys elementlari paydo boʻldi.

Windows noutbuklarida sensorli ekran allaqachon keng tarqalgan. Koʻpchilik foydalanuvchilar hujjat yoki saytlarni barmoq bilan surish yoki kattalashtirishni trekpaddan koʻra qulayroq deb biladi. Ayniqsa, iPhone va iPad davrida ulgʻaygan yoshlar Mac ekranlari sensorli emasligini koʻrib hayron qolishadi.

OLED MacBook Proʼdan keyin Apple yangi arzon MacBookʼning ikkinchi avlodiga ham sensorli ekran qoʻshishni rejalashtirishi mumkin. Bu model iPhone A-seriyali chipida ishlaydi. Demak, kelajakda MacBook Air ham sensorli ekranli boʻlishi ehtimoli katta.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+