12 412.980 so‘m

increase

58.330

14 386.640 so‘m

increase

2.120

154.280 so‘m

increase

0.350

12 412.980 so‘m

increase

58.330

3 kun avval
Texnologiya

Apple 2026 yilda birinchi buklanadigan iPhone’ni taqdim etadi —Bloomberg

Qurilma Android buklanadigan telefonlar kabi kitob shaklida ochilib, yopiq holatda oddiy iPhone kabi ishlaydi. Yangi model toʻrtta kamera, Touch ID, C2 modem va 8 dyuymli ichki ekran bilan jihozlanadi.

Apple 2026 yilda birinchi buklanadigan iPhone’ni taqdim etadi —Bloomberg
Foto: AI / Pinkod.uz

Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Apple hozirda ishlab chiqayotgan birinchi buklanadigan iPhone haqida muhim tafsilotlarni ochiqladi.

Dizayn va ekran

Gurmanning yozishicha, yangi iPhone Android’dagi buklanadigan smartfonlar kabi kitob shaklida ochiladi. Yopiq holatda u oddiy iPhone singari ishlaydi, tashqi ekranining oʻlchami 5–6 dyuym boʻladi. Qurilma ochilganda esa katta, 8 dyuymli ichki displey paydo boʻladi.


Kamera tizimi

Buklanadigan iPhone jami toʻrtta kamera bilan jihozlanadi:

  • old ekranda 1 ta kamera,
  • ichki ekranda 1 ta kamera,
  • orqa panelda esa 2 ta kamera.

Orqa kameralar orasida yuqori aniqlikdagi asosiy kamera hamda qoʻshimcha ultra-keng yoki telefoto linza boʻlishi kutilmoqda. Ichki ekran ochilganda ishlaydigan kamera esa selfi va videoqoʻngʻiroqlar uchun asosiy vosita boʻladi.


Face ID oʻrniga Touch ID

Apple ushbu modelda Face ID oʻrniga yon tugmachadagi Touch ID’ni qoʻllashga qaror qilgan. Sababi – qurilmaning juda yupqa boʻlishi. Buklanadigan iPhone yopiq holatda atigi 9,5 mm qalinlikka ega boʻladi. Bu Apple tarixidagi eng yupqa iPhone boʻladi. Shu sababli Face ID uchun kerak boʻladigan murakkab TrueDepth tizimini joylashtirishning imkoni yoʻq.


eSIM

Yangi modelda Appleʼning oʻzida ishlab chiqilgan C2 modemi ishlatiladi. Bu modem yuqori tezlikda aloqa imkoniyatini beradi va SIM-karta uyasisiz ishlaydi. Shunga koʻra, 2025 yildagi iPhone 17 Air va 2026 yildagi buklanadigan iPhone global bozorlarda ham SIM-kartasiz faqat eSIM orqali ishlaydi.


Narx va ranglar

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Apple buklanadigan iPhone’ni faqat qora va oq ranglarda taqdim etadi. Ishlab chiqaruvchilar kelasi yil boshida ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi, sotuv esa 2026 yil kuziga moʻljallangan.

Narx borasida esa, Android buklanadigan smartfonlari hozirda odatda 1800 dollardan yuqori turadi. Apple bundan arzonroq narx belgilashini kutish mushkul.


Avvalroq Pinkod yangi iPhone 17 liniyasi haqida mavjud barcha maʼlumotlarni bir joyga toʻplagan edi:

Yangi iPhone 17 modellari haqida barcha mavjud maʼlumotlar

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+