Anorbankning 9 oylik sof foydasi ikki barobardan koʻproq oshdi
Joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida Anorbank 235,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 134,5 foizga yoki 135 milliard soʻmga koʻpdir.

Anorbank 2025 yilning yanvar–sentabr oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bankning sof foydasi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida Anorbank 235,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 134,5 foizga yoki 135 milliard soʻmga koʻpdir.
Shu tariqa, bankning sof foydasi ikki barobardan ham ortiq oshgan. Maʼlumot uchun, 2024 yilning yanvar–sentabr oylarida bank 100,5 milliard soʻm foyda olgan edi.
Bankning foizli daromadlari 2,3 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga qaraganda 1,2 trillion soʻmga koʻpaydi. Shu bilan birga, foizli daromadlar 523,6 milliard soʻmga yetdi.
Bank 9 oyda xodimlar oyligi va boshqa xarajatlariga 197,2 mlrd sarfladi(+11,6 y/y). Shuningdek, bank davlat byudjetiga 50,2 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlagan.