12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

13-may, 17:32
Bank

Anorbank birinchi chorakdagi sof foydasi 10 barobardan koʻproqqa ortdi

Korporativ moliyaviy hisobotga koʻra, Anorbank 2025 yilning birinchi choragini 117 milliard soʻm sof foyda bilan yakunladi. 

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagi natijaga nisbatan 958,8 foizga yoki 10,6 barobarga koʻproqdir.

Anorbank birinchi chorakdagi sof foydasi 10 barobardan koʻproqqa ortdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Korporativ moliyaviy hisobotga koʻra, Anorbank 2025 yilning birinchi choragini 117 milliard soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagi natijalarga nisbatan 958,8 foizga yoki 10,6 barobarga koʻproqdir.

Bankning jami aktivlari hozirda 11,9 trillion soʻmni tashkil etmoqda. Bu yil boshidan buyon qariyb 1,8 trillion soʻmga oʻsganini bildiradi. Shu bilan birga, Anorbankning majburiyatlari ham ortib, 10,7 trillion soʻmga yetgan.

Moliyaviy natijalarga koʻra, bank hisobot davrida jami 672,5 milliard soʻmlik foizli daromad olgan. Sof foizli daromad esa 140,2 milliard soʻmni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 418,7 milliard soʻmga koʻproqdir.

Bundan tashqari, Anorbank foizsiz daromadlari hisobidan 166,2 milliard soʻm ishlab topgan. Bu segmentda 15,5 foizlik oʻsish qayd etilgan.

Operativ xarajatlarga toʻxtaladigan boʻlsak, bank xodimlarining oylik maoshlariga 57,4 milliard soʻm sarflagan. Shuningdek, 13,5 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+