12 547.380 so‘m

decrease

-34.590

14 665.380 so‘m

decrease

-32.880

157.020 so‘m

decrease

-0.730

12 547.380 so‘m

decrease

-34.590

08-avgust, 18:03
Work&life

Amazon’ning kamtarona hikoyasi: ijaraga olingan garajdan $2,4 trlnlik imperiyagacha

1994 yilda Jeff Bezos oʻzining yuqori maoshli ishini tashlab, ijaradagi garajda onlayn kitob doʻkoni ochdi. Shovqinli serverlar va beton pol orasida tugʻilgan gʻoya bugun 2,4 trln dollarlik global imperiyaga aylandi.

Amazon’ning kamtarona hikoyasi: ijaraga olingan garajdan $2,4 trlnlik imperiyagacha
Foto: AI / Pinkod.uz

Jeff Bezosning ijaradagi oddiy garajdan 2,4 trillion dollarlik global imperiya rahbarligigacha boʻlgan yoʻli bugun biznes afsonasiga aylangan. Fortune nashri Amazon kompaniyasining muvaffaqiyati haqida maqola eʼlon qildi.

1994 yilda Bezos investitsiya firmasiga vitse-prezident lavozimida barqaror va yuqori maoshli ishini tark etib, oʻz biznesini boshlashga qaror qildi. Oʻsha yili u Vashington shtatidagi Bellevyu shahriga koʻchib oʻtdi. Uning dastlabki maqsadi onlayn kitob doʻkoni ochish va vaqt oʻtishi bilan uni hamma narsani sotadigan platformaga aylantirish edi.

Amazon’ning birinchi shtab-kvartirasi oddiygina ijaraga olingan uy boʻlib, Bezos va uning oʻsha paytdagi rafiqasi Makkenzi yonma-yon ishlashar, kitoblarni qadoqlashar va ularni pochta orqali joʻnatishar edi.Beton pol, shovqinli serverlar, kichkina xona — mana shu oddiy sharoitlarda “hamma narsalar doʻkoni” gʻoyasi tugʻildi. Bezos shu davrdanoq oʻzining mashhur “1-kun” tamoyilini belgiladi: kompaniya har kuni ilk kundagi kabi yangicha yondashuv va maksimal eʼtibor bilan ishlashi kerak.

Ikki pitssa qoidasi

Bezos boshidan boshlab Amazon madaniyatiga uch asosiy elementni singdirdi: innovatsiya, tavakkal qilish va maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish. U shunchalik qatʼiyatli ediki, hatto kompaniyani “Relentless” (tinimsiz) deb nomlamoqchi boʻlgan. Bugungi kunda ham relentless.com manziliga kirganingizda Amazonʼning rasmiy saytiga yoʻnaltirilasiz.

High-performing organization - the Amazon Two Pizza Team | AWS ...
 

Kompaniyaning eng mashhur yondashuvlaridan biri — “Ikki pitssa qoidasi” boʻldi. Bu qoidaga koʻra, har bir jamoa shunchalik kichik boʻlishi kerakki, ularni ikki pitssa bilan toʻydirish mumkin boʻlsin. Bunday yondashuv katta jamoalardagi byurokratiyani kamaytiradi va yangi gʻoyalarni tezda amaliyotga joriy qilish imkonini beradi.

Amazon shuningdek, “mijoz markazda” falsafasi bilan ajralib turadi. Har bir qaror mijozlar uchun qulaylik va samaradorlikni oshirishga qaratiladi. Tezkor yetkazib berish, soddalashtirilgan qaytarish siyosati va mukammal mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimlari aynan shu yondashuvdan kelib chiqqan.

Boshlangʻich davrdagi qiziqarli epizodlar

Resurslar juda cheklangan paytda Bezos jamoasi uchrashuvlarni mahalliy Barnes & Noble kitob doʻkonida oʻtkazardi. Qiziq tomoni shundaki, ular aynan eng yirik anʼanaviy kitob tarmogʻi javonlari orasida unga raqib boʻladigan onlayn doʻkonning kelajak strategiyasini muhokama qilishardi.

Amazon dastlab ishlatilgan kitoblar savdosi bilan shugʻullandi. Bu mahsulotlar arzon, oson yetkaziladigan va bozori keng boʻlgani uchun eng yaxshi start nuqtasi boʻldi. Ammo Bezos qisqa muddatli foydadan voz kechdi — barcha daromadni qayta investitsiya qilib, logistika, texnologik infratuzilma va mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimlarini kuchaytirdi.

Kompaniya faoliyatining kengayishi

Vaqt oʻtishi bilan Amazon kitob bilan cheklanmay, keng qamrovli mahsulot turlarini taklif qila boshladi. 

Bezos poses for a portrait in 1999, around the time Amazon began selling music, DVDs, video games, and gifts in addition to books.
Bezos 1999 yilda, Amazon kitoblardan tashqari musiqa, DVD, video oʻyinlar va sovgʻalarni ham sota boshlagan paytlarda, portret uchun suratga tushadi.

 

2000 yillarning oʻrtalarida ishga tushirilgan Amazon Web Services (AWS) kompaniya tarixidagi burilish nuqtasiga aylandi. AWS bugun Netflix, Airbnb, NASA va boshqa yuzlab yirik tashkilotlarga xizmat koʻrsatadigan eng yirik bulutli hisoblash platformasidir. Bu yoʻnalish Amazonʼning daromadlarini keskin oshirdi va kompaniyani moliyaviy jihatdan mustahkamladi.

Bezos unveils the Kindle 2, the latest version of Amazon’s electronic book reader, in 2009. Amazon’s Kindle first launched two years earlier in 2007 as a way to make digital reading a more “appealing” and “comfortable” experience, according to Amazon.
Bezos 2009 yilda Amazon’ning elektron kitob oʻquvchisi boʻlgan Kindleʼning eng soʻnggi versiyasi - Kindle 2’ni taqdim etmoqda.

Amazon shuningdek, Kindle elektron kitob oʻquv qurilmasi orqali butun kitob sanoatini oʻzgartirdi. Keyinchalik Alexa sunʼiy intellekt yordamchisi, Amazon Prime Video oqimli media platformasi va boshqa innovatsion mahsulotlar ham kompaniyani global texnologiya gigantiga aylantirdi.

2025 yil iyul holatiga koʻra, Amazonʼning bozor qiymati 2,4 trillion dollarga yetdi. Bu uni dunyoning toʻrtinchi eng qimmat kompaniyasiga aylantirdi. Jeff Bezos 2021 yilda bosh direktor lavozimini Endi Jassiga topshirgan boʻlsa-da, kompaniya hanuz “1-kun” ruhida boshqarilmoqda.

Amazon bugungi kunda faqat onlayn savdo emas, balki bulutli xizmatlar, media, sunʼiy intellekt va hatto logistika texnologiyalarida ham yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. Bezosning garajdagi oddiy boshlanishi endi global miqyosdagi “tinimsiz” imperiyaga aylangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+