“Aloqabank” ustav kapitaliga xususiy investorlar qoʻshilishi kutilmoqda
Pinkod.uz nomlari keltirilgan 5 nafar investorning faoliyatini oʻrgandi. Ular orasidagi oʻzaro bogʻliqlik, mikromoliya tashkilotlariga egalik va “Ishonch” doʻkonlar tarmogʻiga aloqadorlik maʼlum boʻldi.
2024 yil 11 dekabr kuni AT “Aloqabank” tomonidan har biri bir soʻmlik 500 milliard dona qoʻshimcha aksiyalar chiqarildi. Mazkur aksiyalar imtiyozli davrdan keyin besh nafar jismoniy shaxslar orasida birjadan tashqari bozorda, toʻgʻridan-toʻgʻri joylashtirilishi mumkin.
Roʻyxatda 5 nafar investorning nomlari keltirilgan. Pinkod.uz ularning faoliyatini oʻrgandi.
Axmedov Maxmud Madaminovich
Davlat reyestriga koʻra, u hozirda 4 ta korxonada taʼsischilik qilmoqda:
- “Ishonch med klinik servis” MChJ — ulushi 100%
- “Farg‘ona ishonch savdo” MChJ — ulushi 86,86%
- “Nurafshon metan savdo” MChJ — ulushi 50%
- “Rishton beton” MChJ — ulushi 50%
Karimov Zoirjon Toxirovich
Davlat reyestriga koʻra, u hozirda 3 ta korxonada taʼsischilik qilmoqda:
- “Trust Trade Asia” MChJ — ulushi 85%
- “The Road to Eternity” MChJ — ulushi 100%
- “Quqonboy Fahri” MChJ — ulushi 100%
Xaydarov Akram Adxamovich
Orginfo.uz saytiga qaralsa, u 20 dan ortiq korxonadarda taʼsischi boʻlgan. Shuningdek, Akram Xaydarov va Maxmud Ahmedov “Farg‘ona ishonch savdo” MChJning birgalikdagi taʼsischisi boʻlgan.
Biroq hozirda uning barcha korxonalardagi ulushlari uch shaxsga — Kaxxarov Farrux Raxmonovich, Mamadaliyev Muxsinjon Abdurasulovich, Toshnazarov Maʼrufjon Muxtarovichlarga oʻtkazilgan.
Yunusaliyev Shuxrat Raximovich
Davlat reyestriga koʻra, u hozirda 2 ta tashkilotda taʼsischilik qilmoqda:
U, shuningdek, “Don`t Waste Time” MChJda ham 100 foiz ulush bilan taʼsischilik qilgan, biroq tashkilot 2024 yil 18 martda “Evolution Networks” nomi bilan qayta tashkil etilgan va taʼsischilar sifatida Akram Xaydarov kompaniyalaridagi egalik oʻtkazilgan uch nafar shaxs — Kaxxarov Farrux Raxmonovich, Mamadaliyev Muxsinjon Abdurasulovich, Toshnazarov Maʼrufjon Muxtarovichlar koʻrsatilgan.
Shuningdek, Zoirjon Karimov 100 foiz ulush bilan taʼsischisi hisoblangan “Quqonboy Fahri” MChJning direktori sifatida Shuxrat Yunusaliyev koʻrsatilgan.
Fozilov Husanjon Neʼmatovich
Davlat reyestriga koʻra, u hozirda 5 ta tashkilotda taʼsischilik qilmoqda:
“Good Price Trade Center” MChJ — ulushi 100%
“Hamroh mikromoliya tashkiloti” MChJ — ulushi 18,23%
“Margilon gipermarketi” MChJ — ulushi 11,17%
“New Important Trade Senter” MChJ — ulushi 100%
“Endo-Art Technology” MChJ — ulushi 0,05%
Shuningdek, ushbu investorlar muddatli toʻlovga maishiy texnika, elektronika va uy jihozlarini xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi “Ishonch” doʻkonlar tarmogʻiga aloqador ekanini tasdiqlovchi maʼlumotlar ham bor.
Besh nafar investorga tegishli korxonalar va “Ishonch” doʻkonlar tarmogʻining yuridik manzili bir joyda — Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida roʻyxatdan oʻtgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan investorlardan Akram Xaydarov 20 dan ortiq korxonalardagi ulushlarini, Shuxrat Yunusaliyev esa 1 ta firmasidagi ulushini uch kishiga — Kaxxarov Farrux Raxmonovich, Mamadaliyev Muxsinjon Abdurasulovich, Toshnazarov Maʼrufjon Muxtarovichlarga oʻtkazib bergani yuqorida keltirildi.
“Ishonch” doʻkonlar tarmogʻining (“Ishonch kredit savdo” MChJ) 26 foiziga Muxsinjon Mamadaliyev, 49 foiziga esa Farrux Kaxxarov egalik qiladi.
Bundan tashqari, yuqorida, birinchida keltirilgan Axmedov Maxmud Madaminovich “Farg‘ona ishonch savdo” MChJga 86,86% ulush bilan taʼsischilik qilishi aytildi. Ushbu korxonaning qolgan 13,14 foiz ulushiga ham Muxsinjon Mamadaliyev egalik qiladi
Bu shuni anglatadiki, AT “Aloqabank” ustav kapitaliga qoʻshilishi kutilayotgan 5 nafar investordan kamida 3 nafari de-fakto ushbu doʻkon taʼsischilariga aloqador sanaladi.