12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

1 kun avval
Texnologiya

Albaniya korrupsiyaga qarshi kurashish uchun sunʼiy intellektni vazir etib tayinladi

Diella nomli virtual vazir davlat tenderlarini boshqaradi va xususiy kompaniyalar bilan tuziladigan shartnomalarni taqsimlaydi. Bosh vazir Edi Rama bu tashabbus orqali davlat xaridlarini “100 foiz korrupsiyadan xoli qilish”ni maqsad qilmoqda.

Albaniya korrupsiyaga qarshi kurashish uchun sunʼiy intellektni vazir etib tayinladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Albaniya hukumati tarixda ilk bor sunʼiy intellekt botini vazirlik lavozimiga tayinladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Diella deb ataladigan bu virtual vazir davlat tenderlarini boshqaradi va xususiy kompaniyalar bilan tuziladigan shartnomalarni taqsimlaydi.

Bosh vazir Edi Ramaga koʻra, Diella pora yoki tahdidlarga berilmaydi va shu yoʻl bilan davlat xaridlarida yuz beradigan korrupsiyani butunlay yoʻq qilish maqsad qilingan.

Albania appoints AI-generated minister

Albaniyada tenderlar sohasida korrupsiya muammosi uzoq yillardan beri mavjud. Mamlakat Bolqon mintaqasida giyohvand moddalar va qurol savdosidan tushgan pullarni “yuvuvchi” jinoiy guruhlar markazi sifatida tanilgan. Shu sababli Albaniyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish jarayoni ham qiyinlashib kelmoqda.

Hukumat hozircha Diella ustidan qanday insoniy nazorat boʻlishi, uni manipulyatsiya qilish xavflari qanday oldi olinishi haqida izoh bermadi.

Aslida Diella  yil boshida e-Albania raqamli platformasida virtual yordamchi sifatida ish boshlagan edi. U anʼanaviy alban kiyimida tasvirlanadi, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga ovozli buyruqlar orqali xizmat koʻrsatadi. 

Bot elektron muhr bilan hujjatlar chiqaradi va shu orqali byurokratik kechikishlarni kamaytiradi. Endi esa u hukumat darajasiga koʻtarilib, davlat xaridlarini boshqarish vazifasini oldi.

Lekin hamma ham bunga ishonmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan biri “Albaniyada hatto Diella ham korrupsiyaga botadi” deb yozdi. Yana biri esa “Oʻgʻrilik baribir davom etadi, ayb esa Diella'ga yuklanadi” deb hazillashdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+