12 014.370 so‘m

increase

40.930

13 280.680 so‘m

decrease

-1.460

146.190 so‘m

increase

1.660

12 014.370 so‘m

increase

40.930

5 soat avval
Bank
31

Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

U avval Asia Alliance Bank’da xuddi shu lavozimda ishlagan va 2026 yil fevralida bank rahbariyatidan ketgan edi. Yangi tayinlov Apex Bank’da Olga Numanova va Sharof Ikramovning vakolatlari tugatilganidan keyin amalga oshirildi.

Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Apex Bank kuzatuv kengashi 12 noyabr kuni Akmal Shuhratovich Mansurovni boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 

Mansurov ilgari Asia Alliance Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U mazkur lavozimga 2024 yil 13 fevralda tayinlangan, 2026 yil 30 yanvarda esa uning vakolatlarini tugatish haqida qaror qabul qilingan. Mehnat shartnomasi 9 fevraldan bekor qilingan.

1982 yilda tugʻilgan Mansurov bank sohasidagi faoliyatini 2003 yilda boshlagan. U turli banklar va kompaniyalarda ishlagan, 2020 yilda Asia Alliance Bank’ning operatsiyalar boʻlimiga rahbarlik qilgan.

Yangi tayinlov Apex Bank rahbariyatidagi navbatdagi oʻzgarish boʻldi. Avvalroq, 6 noyabr kuni bank kuzatuv kengashi boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Olga Numanova va uning oʻrinbosari Sharof Ikramovning vakolatlarini tugatgan edi.

Numanova 2025 yil dekabridan bank boshqaruvi raisi vazifasini bajarib kelgan. Uning ketishidan keyin mazkur lavozimni vaqtincha bajarish Sherzod Madjitovga yuklatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+