11 830.870 so‘m

increase

16.820

13 450.520 so‘m

decrease

-31.670

139.270 so‘m

decrease

-0.660

11 830.870 so‘m

increase

16.820

5 soat avval
Bank
75

Aholi omonatlari boʻyicha foiz stavkasi 18,4%gacha tushdi — 5,5 yillik minimum yangilandi

Avgust oyida jismoniy shaxslarning soʻmdagi muddatli omonatlari boʻyicha oʻrtacha stavka 18,4%gacha pasaydi. Koʻrsatkich bir oyda 0,5 foiz punktga, bir yil davomida esa 3 foiz punktga tushdi. Bu 2021 yil fevralidan beri qayd etilgan eng past daraja. 

Aholi omonatlari boʻyicha foiz stavkasi 18,4%gacha tushdi — 5,5 yillik minimum yangilandi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, aholi muddatli omonatlarining oʻrtacha tortilgan stavkasi iyun oyida 19,2%ni tashkil etgan boʻlsa, iyulda 18,9%ga, avgustda esa 18,4%ga tushgan. Shu tariqa, ikki oy ichida stavka yana 0,8 foiz punktga pasaydi. 

Taqqoslash uchun, 2025 yil avgustda jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari boʻyicha oʻrtacha stavka 21,4% edi. Bir yil ichidagi pasayish 3 foiz punktni tashkil qildi. 

Hozirgi koʻrsatkich 5,5 yildan ortiq davrdagi eng past daraja hisoblanadi. 2021 yil fevralda stavka 18,3%, mart oyida esa 19,1% boʻlgan. Shundan keyin 2026 yil avgustigacha stavka 18,4%dan pastga tushmagan. 

Pinkod avvalroq iyun oyida stavka 19,2%gacha tushib, 2021 yil martdan beri minimumni qayd etgani haqida yozgan edi. Yangi statistika bu minimum yana ikki oy ketma-ket yangilanganini koʻrsatmoqda.

Pasayish 2025 yil bahoridan beri davom etmoqda. 2024 yil oktabrdan 2025 yil martgacha aholi omonatlari boʻyicha oʻrtacha stavka 22,1% atrofida saqlangan edi. Avgustdagi 18,4%lik daraja bilan solishtirganda, oʻrtacha daromadlilik shu davrdagi yuqori nuqtadan 3,7 foiz punktga kamaygan. 

Shu bilan birga, omonatlardagi mablagʻ hajmi oʻsishda davom etmoqda. 2026 yil 1 avgust holatiga bank tizimidagi jami depozitlar 482,7 trln soʻmga yetib, bir yil ichida qariyb 34%ga oshgan. Shundan jismoniy shaxslar depozitlari 185,2 trln soʻmni tashkil etgan. 

Depozit bazasi kreditlardan tezroq oʻsmoqda. Jami kreditlar 2025 yil 1 avgustdagi 576,2 trln soʻmdan 2026 yilning shu sanasida 644,6 trln soʻmga yoki qariyb 12%ga oshgan, depozitlarda esa oʻsish qariyb 34% boʻlgan. Bu banklarning ichki moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirib, yangi mablagʻ jalb qilish uchun yuqori foiz taklif qilishga boʻlgan ehtiyojni kamaytirayotgan omillardan biri boʻlishi mumkin. Biroq Markaziy bank aholi omonatlari stavkasining pasayishini aynan shu omil bilan izohlagan emas. 

Ayni paytda inflyatsiya ham sekinlashmoqda. Avgust oyida yillik inflyatsiya 6,2%ni tashkil etdi. Natijada omonatlarning nominal oʻrtacha stavkasi pasayganiga qaramay, 18,4%lik stavka amaldagi yillik inflyatsiyadan 12,2 foiz punkt yuqori boʻlib qolmoqda. 

Markaziy bank 16 sentabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Regulyator inflyatsiya pasayayotganiga qaramay, ayrim inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotganini qayd etgan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+