12 053.460 so‘m

decrease

-63.890

14 026.610 so‘m

decrease

-42.850

152.430 so‘m

increase

2.940

12 053.460 so‘m

decrease

-63.890

5 kun avval
Bank
84

Agat Credit faoliyat shaklini Mikromoliya bankiga oʻzgartirmoqda

Bu boʻyicha jamiyat aksiyadorlari 21-oktabr kuni qaror qabul qilgan. Tashkilot oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng mikromoliya banki sifatida davom ettiradi.

Agat Credit faoliyat shaklini Mikromoliya bankiga oʻzgartirmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Agat Credit oʻz faoliyat shaklini mikromoliya tashkilotidan Mikromoliya bankiga oʻzgartirmoqda. Bu haqda maʼlumot Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilindi.

Xabarga koʻra, 2025 yil 21-oktabr kuni jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda “AGAT CREDIT” AJ faoliyatini mikromoliya tashkilotidan mikromoliya banki shakliga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, yigʻilish kun tartibiga yangi ustav va tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, ularni Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazish, yangi bankning nominatsiyasi va logotipini tasdiqlash, shuningdek Boshqaruv va Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish masalalari ham kiritilgan.

Jamiyatning ustav kapitali 73,7 milliard soʻm miqdorida tasdiqlandi. Bu summa 73 715 688 004 dona oddiy nominal aksiyalar chiqarish orqali shakllantiriladi.

Yigʻilish qaroriga muvofiq, bank Boshqaruvi raisi lavozimiga Anton Dmitriev, aʼzolari sifatida esa Ulugʻbek Adilov va Maqsud Maqsudov tayinlandi. Ular oʻz vakolatlarini Markaziy bank bank faoliyati uchun litsenziya bergan kundan eʼtiboran amalga oshiradi.

Kuzatuv kengashiga esa quyidagi shaxslar saylandi: Sergey Lagutin, Oleg Popov, Arman Mangitov, Artyom Badykov va Alisher Mirzayev.


Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning fevral oyida qabul qilingan qonun bilan Mikromoliya banklari faoliyati va ularga litsenziya berish tartibi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+