5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 8,3 mln soʻmdan oshdi
Shu tariqa, oltin narxi yil boshidan beri 41-marta rekordni yangiladi. Yil boshidan beri oltin quymalari narxi 43,7 foizga yuqoriladi. Shuningdek, global miqyosda oltin narxi bir unsiya uchun $4 150 dan oshdi.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi yangi rekord oʻrnatdi. 14 oktabr holatiga koʻra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1 mln 663 ming soʻmni tashkil qildi.
Shu tariqa, oltin narxi yil boshidan beri 40-marta rekordni yangiladi.
Quymalar narxi quyidagicha belgilandi:
- 5 gramm — 8 mln 314 ming soʻm
- 10 gramm — 16 mln 628 ming soʻm
- 20 gramm — 33 mln 255 ming soʻm
- 50 gramm — 83 mln 138 ming soʻm
- 100 gramm — 166 mln 276 ming soʻm
Shunday qilib, 5 grammli oltin quymasi ilk marotaba 8,3 million soʻmdan oshdi.
Yil boshidan beri oltin quymalari narxi 43,7 foizga oshdi. Misol uchun, joriy yilning 3 yanvar kuni 22,6 mln soʻmga 20 grammli oltin quymasi sotib olinganda, ayni paytga kelib uni qariyb 33,3 mln soʻmga sotish mumkin. 10 oylik foyda 10,6 mln soʻmni tashkil etmoqda.
Oltin narxining oshishi bevosita jahon bozori bilan bogʻliq. 14 oktabr kuni global miqyosda oltin narxi bir unsiya uchun $4 150 dan oshdi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall $4 162 dan savdo qilinmoqda.