12 042.490 so‘m

decrease

-18.060

14 147.520 so‘m

decrease

-35.690

160.550 so‘m

decrease

-0.770

12 042.490 so‘m

decrease

-18.060

4 soat avval
Bank
22

2027 yildan yosh oilalarga Markaziy bank asosiy stavkasida (14 foiz) ipoteka kreditlari ajratiladi

2027 yildan yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari ajratishning yangi tartibi amal qiladi. Bunda kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Kreditlar faqat ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshdan oshmagan hamda soʻnggi 3 yilda ularning nomida koʻchmas mulk boʻlmagan oilalarga ajratiladi.

2027 yildan yosh oilalarga Markaziy bank asosiy stavkasida (14 foiz) ipoteka kreditlari ajratiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–66-son, 2026 yil 20 aprel) qabul qilindi.

Farmon bilan 2026–2030 yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 iyulgacha nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi subʼektlarning yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilari xorijiy ilgʻor taʼlim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratiladi. Shuningdek, faoliyatini kengaytirmoqchi boʻlgan subʼektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz beriladi.

2027 yil 1 yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

Ipoteka dasturi doirasida kreditlar boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Quyidagi ijtimoiy mezonlarga mos keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:

  • ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi nomida soʻnggi 3 yilda mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjud boʻlmasligi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+