12 019.080 so‘m

decrease

-82.760

13 689.730 so‘m

decrease

-122.100

153.870 so‘m

increase

0.120

12 019.080 so‘m

decrease

-82.760

Yaqin 1 soat ichida
Bank
36

2026 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston banklaridagi NPL hajmi 27,1 foizga oshdi

2026 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 4,89 trln soʻmga koʻpayib, 22,94 trln soʻmga yetdi. 

Eng katta oʻsish Mikrokreditbank, Xalq banki va Agrobankda kuzatildi. 

Muammoli kreditlarning kredit portfelidagi ulushi boʻyicha esa TBC Bank 12,1 foiz bilan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. 

2026 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston banklaridagi NPL hajmi 27,1 foizga oshdi

Birinchi yarim yillik yakunida Oʻzbekiston banklari kredit portfeli 642,81 trln soʻmga yetdi. Oʻsish 38,81 trln soʻm yoki 6,4 foizni tashkil etdi.

Shu davrda muammoli kreditlar 4,89 trln soʻm yoki 27,1 foizga koʻpayib, 22,94 trln soʻmga chiqdi. Yaʼni NPL hajmi umumiy kredit portfeliga qaraganda toʻrt baravardan tezroq oʻsgan. Natijada uning jami kreditlardagi ulushi 3 foizdan 3,6 foizgacha koʻtarildi.

Davlat ulushi mavjud banklarning muammoli kreditlari yarim yillikda 3,61 trln soʻmga oshib, 16,45 trln soʻmga yetdi. Bu bank tizimidagi jami NPLning 71,7 foiziga teng.

Ayni paytda davlat banklari mamlakat kredit portfelining 65,7 foizini egallaydi. Yaʼni ularning muammoli kreditlardagi ulushi kredit bozoridagi ulushidan 6 foiz punktga yuqori.

Xususiy va xorijiy banklarning NPL hajmi esa 1,28 trln soʻmga oshib, 6,50 trln soʻmni tashkil etdi. Ushbu guruhda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 2,9 foizga teng.

Eng katta oʻsish Mikrokreditbankda

Yarim yillikda muammoli kreditlar eng koʻp Mikrokreditbankda oshgan. Bankning NPL hajmi 894 mlrd soʻmdan 1,80 trln soʻmga yetdi. Oʻsish 902 mlrd soʻm yoki 100,9 foizni tashkil etdi.

Keyingi oʻrinlarni Xalq banki va Agrobank egalladi. Xalq bankidagi muammoli kreditlar 501 mlrd soʻmga, Agrobankda esa 493 mlrd soʻmga koʻpaygan.

BankKredit portfeliNPL hajmiYil boshidan oʻzgarish
Mikrokreditbank22,84 trln soʻm1,80 trln soʻm+902 mlrd soʻm
Xalq banki37,40 trln soʻm1,53 trln soʻm+501 mlrd soʻm
Agrobank91,21 trln soʻm3,19 trln soʻm+493 mlrd soʻm
Anorbank12,14 trln soʻm901 mlrd soʻm+422 mlrd soʻm
TBC Bank8,32 trln soʻm1,01 trln soʻm+418 mlrd soʻm
Biznesni rivojlantirish banki25,78 trln soʻm1,49 trln soʻm+376 mlrd soʻm
Asakabank40,43 trln soʻm1,87 trln soʻm+372 mlrd soʻm
Oʻzsanoatqurilishbank60,99 trln soʻm1,99 trln soʻm+345 mlrd soʻm
Aloqabank21,65 trln soʻm782 mlrd soʻm+305 mlrd soʻm
Ipak yoʻli bank18,75 trln soʻm405 mlrd soʻm+225 mlrd soʻm

Birinchi beshta bankdagi oʻsishning oʻzi 2,74 trln soʻmni tashkil etdi. Bu bank tizimidagi sof oʻsishning qariyb 56 foiziga teng.

Ayrim banklarda oʻsish surʼati yuqoriroq boʻlgan. Jumladan, Orient Finance bankdagi NPL 21 mlrd soʻmdan 224 mlrd soʻmga, Universal bankda esa 11 mlrd soʻmdan 49 mlrd soʻmga oshgan.

Qaysi banklarda NPL kamaydi?

Yil boshidan muammoli kreditlar hajmini eng koʻp Kapitalbank kamaytirgan. Bankdagi NPL 1,02 trln soʻmdan 822 mlrd soʻmga tushdi. Kamayish 198 mlrd soʻm yoki 19,4 foizni tashkil etdi.

Ipoteka-bankdagi muammoli kreditlar esa 164 mlrd soʻmga qisqarib, 1,09 trln soʻmni tashkil qilgan.

Bank1 yanvar1 iyulKamayish
Kapitalbank1 020 mlrd soʻm822 mlrd soʻm−198 mlrd soʻm
Ipoteka-bank1 257 mlrd soʻm1 093 mlrd soʻm−164 mlrd soʻm
Poytaxt bank69 mlrd soʻm37 mlrd soʻm−32 mlrd soʻm
Ziraat Bank Uzbekistan84 mlrd soʻm72 mlrd soʻm−12 mlrd soʻm
Hayot bank186 mlrd soʻm183 mlrd soʻm−3 mlrd soʻm

Eng katta muammoli kreditlar qaysi banklarda?

Mutlaq miqdorda eng katta muammoli kredit portfeli Oʻzmilliybankda saqlanib qolmoqda — 3,21 trln soʻm. Agrobank 3,19 trln soʻm bilan undan atigi 17 mlrd soʻm ortda turibdi.

BankNPL hajmi
Oʻzmilliybank3,21 trln soʻm
Agrobank3,19 trln soʻm
Oʻzsanoatqurilishbank1,99 trln soʻm
Asakabank1,87 trln soʻm
Mikrokreditbank1,80 trln soʻm
Xalq banki1,53 trln soʻm
Biznesni rivojlantirish banki1,49 trln soʻm
Ipoteka-bank1,09 trln soʻm
TBC Bank1,01 trln soʻm
Anorbank901 mlrd soʻm

Ushbu oʻnta bank hissasiga tizimdagi jami muammoli kreditlarning qariyb 84 foizi toʻgʻri keladi.

NPL ulushi eng yuqori bank — TBC Bank

Muammoli kreditlarni bankning umumiy kredit portfeliga nisbatan hisoblaganda eng yuqori koʻrsatkich TBC Bank’da qayd etilgan. Bankda NPL ulushi 12,1 foizni tashkil etgan. Yil boshida bu koʻrsatkich 5,7 foiz edi.

Keyingi oʻrinlarda 7,9 foiz bilan “Mikrokreditbank”, 7,4 foiz bilan “Anorbank”, 7,3 foiz bilan “Poytaxt bank”, 6,8 foiz bilan AVO bank va 6,7 foiz bilan Garant bank joylashgan.

KDB Bank Oʻzbekiston, Octobank va Uzum bankda muammoli kreditlar qayd etilmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+