12 857.350 so‘m

increase

22.740

14 672.810 so‘m

increase

10.550

163.450 so‘m

increase

0.800

12 857.350 so‘m

increase

22.740

01-may, 18:46
Soliq

2025 yilning dastlabki uch oyida xizmat koʻrsatish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

Ushbu davr mobaynida mazkur sohada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 160 403 taga yetdi.

Xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha 2025 yilning birinchi choragida jami 9,15 trillion soʻm miqdorida soliq toʻlangan boʻlib, uning 1,72 trillion soʻmi (yaʼni 18,8 foizi) eng yirik 20 ta korxona hissasiga toʻgʻri kelgan. 

2025 yilning dastlabki uch oyida xizmat koʻrsatish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Davlat soliq qoʻmitasi 2025 yilning yanvar-mart oylarida xizmat koʻrsatish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan yirik korxonalar roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu davr mobaynida mazkur sohada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 160 403 taga yetdi. Ularning umumiy tovar aylanmasi 94,99 trillion soʻmni (taxminan 7,4 milliard AQSh dollari) tashkil etdi. Bu koʻrsatkichdan 21,56 trillion soʻmlik yoki 22,7 foiz ulush eng koʻp soliq toʻlagan kuchli 20 korxonaga toʻgʻri keldi.

Xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha 2025 yilning birinchi choragida jami 9,15 trillion soʻm miqdorida soliq toʻlangan boʻlib, uning 1,72 trillion soʻmi (yaʼni 18,8 foizi) eng yirik 20 ta korxona hissasiga toʻgʻri kelgan. Ushbu korxonalar imtiyozlaridan ham foydalangan 1,22 trillion soʻmlik soliq imtiyozlari ham qoʻllanilgan.

Eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar orasida birinchi oʻrinni Asia Trans Gas MChJ egallab, 355,4 milliard soʻm soliq toʻlagan. Ikkinchi oʻrinda “Oʻzbektelekom” AJ (236,5 mlrd soʻm), uchinchi oʻrinda esa “Oʻzbekiston Temir Yoʻllari” AJ (210,5 mlrd soʻm) joylashgan. Ular ortidan Uzbekistan Airways AJ (159,8 mlrd soʻm), UNITEL MChJ XK (125,2 mlrd soʻm) va boshqa yirik kompaniyalar joylashgan.

Soliq tushumlarining taqsimotiga eʼtibor qaratilsa, eng katta ulushni foyda soligʻi tashkil etib, u umumiy tushumlarning 33,3 foizini (573,1 mlrd soʻm) tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi – 24,7% (425,8 mlrd soʻm), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi – 14,6% (251 mlrd soʻm), ijtimoiy soliq – 13,5% (231,8  mlrd soʻm) va aksiz soligʻi – 5,7% (99 mlrd soʻm) qayd etilgan.

Korxonalar faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tahlil qilinadigan boʻlsa, transport va yoʻlovchi tashish sohasida “Oʻzbekiston Temir Yoʻllari”, Uzbekistan Airways, My Freighter, “Toshkent Metropoliteni”, “Uzbekistan Airports” va “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” yetakchilik qilmoqda. Aloqa va internet xizmatlari boʻyicha esa “Oʻzbektelekom”, UNITEL(Beeline) , COSCOM(Ucell), Universal Mobile Systems (Mobi Uz) va Yandex GO UB yetakchi soliq toʻlovchilar qatorida qayd etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+