12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

13-dekabr, 2024
Soliq

2024 yilning 11 oyida eng koʻp soliq toʻlagan yirik korxonalar maʼlum boʻldi

Mazkur korxonalar tomonidan toʻlangan soliqlar summasi jami yirik soliq toʻlovchilar toʻlagan miqdorning 61 foizini tashkil etgan.

2024 yilning 11 oyida eng koʻp soliq toʻlagan yirik korxonalar maʼlum boʻldi

Soliq qoʻmitasi 2024 yilning oʻtgan 11 oyida eng koʻp soliq toʻlagan yirik soliq toʻlovchilarni eʼlon qildi.

Statistika: Soliq qoʻmitasi

Top 10 davlat ulushi bor korxonalar orasida:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 24,8 trln soʻm bilan yetakchilik qilgan.
  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 7,9 trln soʻm bilan 2-oʻrinda qayd etilgan.
  • “Navoiyuran” DK — 3,9 trln soʻm bilan 3-oʻrinda joylashgan.
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ — 3,8 trln soʻm bilan 4-oʻrinni egallagan.
  • UzAuto Motors AJ — 3,2 trln soʻm bilan 7-oʻrinni band etgan.

Xususiy sektor korxonalari orasida:

  • UZBAT AJ QK — 2,6 trln soʻm bilan 1-oʻrinni egallagan.
  • Tashkent Tobacco MChJ — 882,4 mlrd soʻm bilan 2-oʻrinda.
  • Enter Engineering LTD — 844,4 mlrd soʻm bilan 3-oʻrinda.
  • GID License Plate MChJ XK — 759,9 mlrd soʻm bilan 4-oʻrinda.
  • Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan MChJ QK — 572,6 mlrd soʻm bilan 5-oʻrinda boʻlgan.
  • Unitel MCHJ QK (Beeline) 542,1 mlrd soʻm bilan 6-oʻrinni egallagan.
  • Angelsey Food MChJ (“Korzinka”) — 306 mlrd soʻm bilan TOP-10 roʻyxatini yakunlagan.

Banklar orasida:

  • “Milliy bank” AJ — 1,1 trln soʻm soliq toʻlagan va eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan.
  • “Kapital bank” — 526 mlrd soʻm bilan banklar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
  • “Hamkorbank” — 480 mlrd soʻm bilan mazkur sohada top uchtalikni yakunlab bergan

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+