12 910.150 so‘m

decrease

-14.770

14 660.770 so‘m

increase

40.100

159.780 so‘m

decrease

-0.160

12 910.150 so‘m

decrease

-14.770

30-aprel, 19:38
Bank

HUMO toʻlov tizimi dastlabki uch oyda 48 mlrd soʻm sof foyda oldi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga koʻp boʻlsa-da, 2024 yilning uchinchi choragidagi 119,3 mlrd soʻmlik sof foydaga nisbatan 59,7 foizga kamdir.

Shuningdek, HUMO davlatga toʻlanishi kerak boʻlgan 200 mlrd soʻmdan oshiq taqsimlanmagan foyda bilan birga xususiylashtirib yuborilgani maʼlum boʻldi.

HUMO toʻlov tizimi dastlabki uch oyda 48 mlrd soʻm sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ birinchi chorak yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etdi. Unga koʻra, toʻlov tizimi dastlabki uch oylikni 48 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunladi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga koʻp boʻlsa-da, 2024 yilning uchinchi choragidagi 119,3 mlrd soʻmlik sof foydaga nisbatan 59,7 foizga kamdir.

Taqqoslash uchun, HUMO’ning asosiy raqobatchisi hisoblangan UZCARD toʻlov tizimi birinchi chorakni 307,6 mlrd soʻmlik sof foyda bilan yakunladi. Kompaniya sof foydasi HUMO’nikiga nisbatan 84,4 foizga koʻproq.

Kompaniya balansidagi jami aktivlar hozirda 494,1 mlrd soʻmni tashkil etmoqda, bu esa hisobot davri boshiga nisbatan 59,2 mlrd soʻmga koʻpdir. Shu bilan birga, kompaniya majburiyatlari ham 17 foizga oshib, 77 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Shuningdek, kompaniyaning taqsimlanmagan daromadi chorak boshidan beri 203,3 mlrd soʻmdan 251,3 mlrd soʻmga yetdi. Bu esa HUMO davlatga dividendlar sifatida toʻlanishi kerak boʻlgan 203,3 mlrd soʻm bilan birga sotib olinganini anglatadi. 

Yaʼni, HUMO’ni xarid qilish Paynet’ga 65 mln AQSh dollari yoki oʻsha paytdagi Markaziy bank kursi boʻyicha hisoblaganda 843,2 mlrd soʻmga emas, balki dividendlar chegirib tashlanganda, qariyb 640 mlrd soʻmga tushgan.


Eslatib oʻtamiz, 13 yanvar kuni “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO toʻlov tizimi) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketi Paynet AJ tomonidan 65 mln AQSh dollariga sotib olingani maʼlum qilingan edi.

Pinkod amalga oshirgan oʻrganishlar natijasida, Paynet’ning bilvosita hozirgi egasi, direktori va uning birinchi oʻrinbosari toʻlov tizimi asoschisi Botir Orifjonovning eski tanishlari, yaʼni uning ilgari birga ishlagan jamoasidan ekani maʼlum boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+