Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?
Xotira va qadrlash kuni hamda dam olish kunlari jami 23 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Xotira va qadrlash kuni hamda dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan qulaylik yaratish maqsadida xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
9, 10, 11 may kunlari jami 23 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda:
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Bankomatlar joylashuvini bu yerdan aniqlash mumkin.