12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

17-yanvar, 15:04
Bozor

Binance kripto-birjasi Oʻzbekistonda qonuniy faoliyat boshlaydi

Oʻzbekistonliklar endi birjadan milliy provayder orqali foydalanishi mumkin boʻladi. Bunda mahalliy toʻlov tizimlaridan foydalanish imkoniyati yaratilishi ham nazarda tutilgan.

Binance kripto-birjasi Oʻzbekistonda qonuniy faoliyat boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) dunyoning eng yirik kripto-birjalaridan biri boʻlgan Binance bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish masalasini hal qildi.

Binance oʻz xizmatlarini Oʻzbekistonda CoinPay MChJ orqali qonunchilik asosida taqdim etadi. CoinPay MChJ – kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha rasmiy xizmat koʻrsatuvchi provayder boʻlib, kripto-birja va kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish uchun zarur litsenziyalarga ega. Oʻzbekiston rezidentlari endilikda Binance platformasiga CoinPay’ning rasmiy sayti – coinpay.uz orqali kirishi mumkin boʻladi.

Binance’ning Oʻzbekistondagi foydalanuvchilari quyidagi qulayliklardan foydalanishlari mumkin:

  • Milliy valyutada mablagʻlarni bank kartalari va mahalliy toʻlov tizimlari orqali kiritish va chiqarish imkoniyati.
  • Mahalliy toʻlov tizimlari bilan toʻliq integratsiyalangan platforma.

Tizim ishga tushirilgandan soʻng barcha yangiliklar CoinPay va Binance rasmiy resurslarida eʼlon qilinadi.

2024 yil yanvar oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance kripto-birjasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi talablarni buzganligi uchun jarima qoʻlladi. Jarima miqdori 300 bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ni tashkil etdi. Shundan soʻng, Binance sudning barcha talablariga toʻliq rioya qilgan va jarimani qonuniy tartibda toʻlagan.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari, kriptovalyutalarni sotish, sotib olish va ayirboshlash operatsiyalarini faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishi kerak. Qonunchilikda mazkur talablarni buzganlik uchun javobgarlik ham mavjud. Qonuniy faoliyat yuritayotgan provayderlar roʻyxati bilan ILMA rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.

Maʼlumot uchun, Binance 2017 yilda ChangpengZhao tomonidan asos solingan va hozirda dunyodagi eng yirik kripto-birjalardan biridir. Platforma 500 dan ortiq kriptovalyutalar bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi. Binance oʻzining BinanceCoin (BNB) tokenini yaratgan boʻlib, bu valyuta tranzaksiya toʻlovlarini kamaytirish va platformaning boshqa imkoniyatlaridan foydalanishni taʼminlash uchun ishlatiladi. Mazkur tokenning bozor kapitali hozirda deyarli $39 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+